Andrey Fyodorov: "Uchinchi goldan so'ng “Neftchi” to'xtadi"
26 mar 2016 20:43
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: "Uchinchi goldan so'ng “Neftchi” to'xtadi"
- “Nasaf”ga qarshi o'yinga tayyorlagan barcha taktik rejalarimiz barbod bo'ldi. Asosiy tarkibda jiddiy yo'qotishlar bilan o'yinga etib keldik. Jamoalarning ayni paytdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, hisob o'yinga yarasha bo'ldi deb o'ylayman. Gap hisobda emas. “Nasaf”dek jamoani bugun o'yda yutishimiz zarur edi. Afsus. Uchinchi goldan so'ng “Neftchi” to'xtadi. Endi qarorgohimizda o'yinni ko'rib, tahlil qilamiz va navbatdagi bahslarga tayyorlanamiz. Boydedaevni tanqid qilishdi? Tanqidni qabul qilamiz. Bugun nafaqat Ilhom balki butun jamoa yomon o'ynadi. Yigitlarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'q. Bu holat “Bunyodokor”ga qarshi bahsdan so'ng paydo bo'lgandi. O'rtoqlik o'yinlari va mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatayotgan yigitlar nima uchun rasmiy o'yinlarda o'zini ko'rsata olmayotganiga tushunmayapman. Hozir futbolchilarni mag'lubiyatda ayblab, bosim o'tkazmayman. Aksincha, futbolchilarni ruhini ko'tarishga harakat qilaman, - dedi Fyodorov.
Hojiakbar JABBOROV yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar