Andrey Fyodorov: "Tezkor o'tkazilgan goldan keyin o'zimizni yo'qotib qo'ymaganimiz yaxshi bo'ldi"
14 apr 2019 19:29
Yangiliklar


Andrey Fyodorov: "Tezkor o'tkazilgan goldan keyin o'zimizni yo'qotib qo'ymaganimiz yaxshi bo'ldi"
"Lokomotiv" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.
"Bu mavsum AGMK bilan ikkinchi marta to'qnash keldik. Raqibning barcha o'yinlarini ko'rdik, o'rganib chiqdik. To'g'ri kutilmaganda tezkor gol o'tkazib yubordik. Ammo yaxshiki shogirdlarim shoshilmasdan o'z o'yinimizni davom ettirishdi va bu samara keltirdi.
Tanaffusda tashabbusni biroz raqibga topshirdik. Bu hafta o'rtasida Saudiya Arabistonida va bugun ham issiqda o'ynadik. SHu bois biroz kuch saqlab qolishga harakat qildik. G'alabali hisobni saqlab qolishga erishdik", - deydi Andrey Fyodorov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar