So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  2 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  11 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи". Таркиблар маълум  9 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  4 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  7 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  14 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Andrey Fyodorov: "Taktik rejalarimizni uddaladik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Taktik rejalarimizni uddaladik"

"Neftchi" - "Lokomotiv" bahsidan so'ng farg'onaliklar ustozi Andrey Fyodorov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yindan keyin yigitlarni durang natija bilan tabrikladim. CHunki bundan avvalgi bahs juda qiyin kechgandi va bu bahsga yaxshi ruhiyat bilan etib kelish muhim edi. "Lokomotiv"dek raqiblarga qarshi yigitlar xarakter ko'rsatishi kerak edi va buni uddalay olishdi. O'yin borasida fikr bildiradigam bo'lsam, bahsga jiddiy xozirlik ko'rgandik. Tuzgan rejalar amalga oshdi. Ochig'ini aytish kerakki, bizda golga tortadigan vaziyatlar kam bo'ldi va ulardan birini golga aylantirdik. Muxlislarga ham rahmat. Ular bugun bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi.

-  Nega "Neftchi" ikkinchi bo'limda bosimni kamaytirdi?
- Ochig'i biz durang uchun o'ynamadik. Faqat SHerzod Hakimovning majburiy almashtirilishidan so'ng taktik o'zgarish qilishga to'g'ri keldi va Samatovni tushirdik. SHu sababli, boshqa sxema bo'yicha o'ynadik. To'g'risi ikkinchi bo'limda bizga Murod Bobojonov va SHerzod Hakimovdek tezkor futbolchilar etishmadi.

- Mansur Saidovning goli haqida qanday fikrdasiz?

- Bu bizning taktik rejamiz bo'yicha urilgan gol edi. Haqiqatdan ham chiroyli gol kiritildi, - dedi Fyodorov.


"Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика