Andrey Fyodorov: “SHukur Po'latov penaltida hech adashmasdi”
21 iyu 2016 21:46
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: “SHukur Po'latov penaltida hech adashmasdi”
- Birinchi navbatda barcha jurnalistlarni kirib kelayotgan bayramlari bilan tabriklayman. Ularga sog'lik tilayman. O'yin borasida fikr bildiradigan bo'lsam, og'ir hamda shiddatli bahsga guvoh bo'ldik. Bellashuv muxlislarga ham yoqdi deb o'ylayman. O'yin durangga mos bo'ldi. Xar ikkala jamoa ham durangga mos o'yin ko'rsatishdi. Agar bahs so'nggida penaltidan gol ura olganimizda xozir vaziyat boshqacha ham bo'lishi mumkin edi. SHogirdlarimga rahmat aytaman. Ular bugun oxirigacha kurash olib borishdi.
- Bugun nima uchun kech o'yinchi almashtirdingiz ?
- Xaqiqatdan ham almashuvlarda kichik xatoga yo'l qo'ydik. Futbolchilar o'yin so'nggida charchab qolishdi. SHu sababli, bahs yakunida xatoga yo'l qo'ydik.
- Futbolchilar mashg'ulotlarda penalti tepishni mashq qilib turishadimi?
- SHukur Po'latov mashg'ulotlarda xar doim penaltilarni aniq amalga oshirardi. Biroq bugun Po'latov imkoniyatdan foydalana olmadi. Umuman olganda mashg'ulot boshqa, o'yin boshqa...
“Neftchi” matbuot xizmati
Fikrlar