So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  5 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

Andrey Fyodorov: "O'yin biz kutgan scenariy ostida o'tdi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "O'yin biz kutgan scenariy ostida o'tdi"

Superliganing 8-turining markaziy uchrashuvi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov va bahsda eng yaxshi bo'lgan Marat Bikmaev qatnashdi.

- O'yin biz kutgan scenariy ostida o'tdi. Uchrashuv muxlislarga, murabbiylarga yoqdi, deb o'ylayman. Natija tufayligina bahs "Bunyodkor" bosh murabbiyiga yoqmadi shekilli. Uchrashuv o'z statusiga munosib bo'ldi. CHunki ikkita yaxshi shakllangan jamoalar bugun chiroyli futbol ko'rsatishdi. Qiyin bellashuvdagi muhim g'alabadan to'la qoniqdim. Biz ham, "Bunyodkor" ham etarlicha xavfli vaziyatlar yaratishdi. Yakunda esa omad bizga kulib boqdi. O'tkazib yuborilgan goldan keyin futbolchilar o'zlarida kuch topishdi va irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Ularga faqatgina maqtovli so'zlarni yo'llayman.

Kim bosh murabbiy? Ayni paytda men vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaryapman. Avvalgi matbuot anjumanida ham bu savolga javob bergandim. Hamma qarorlarni men chiqaraman. SHuningdek, murabbiylar shtabi bilan ham maslahatlashaman. Mirko Yelichichni jamoada ishlayotgani menga hech qanday xalaqit qilayotgani yo'q. Aksincha, uning ko'magi bizga yordam beradi.

Marat Bikmaev: "Ikkita hujumkor jamoa o'rtasidagi bahs haqiqiy shiddatli futbolga aylandi. SHunday o'yinlar ko'p bo'lsa juda katta foyda bo'lardi. Bu kabi bahslar muxlislarga yoqadi. Odatda jamoalar bizga qarshi himoyaviy o'ynaydi, ammo "Bunyodkor" hujumkor o'ynadi. Natijada stadionga kelgan muxlislar ajoyib futbol guvohiga aylanishdi. O'yin shaxsan menga juda yoqdi. "Bunyodkor" ham, biz ham ko'plab vaziyatlar yaratdik. Tablodagi hisob esa to'liq adolatdan.

Ikkinchi penaltida aniq kontakt bo'ldi va "nuqta" haqli ko'rsatildi. To'pni darvozaga tepmoqchi bo'lgan paytim Anvar G'ofurov meni oyog'imga tegdi. Bu vaziyat jarima maydonchasi ichida bo'ldimi yoki tashqaridami, buni bilmadim. Bu vaziyatni faqatgina takroriy lavhada ko'rsam qaerda yiqilganimni bilaman. Men u vaziyatda buni aniq anglolmasdim. Men hech qachon penalti ishlash uchun simulaciya ishlatmaganman. Yoki ko'rgansizmi meni simulaciya qilganimni? Men unday futbolchilar sirasiga kirmayman. Meni bir o'zim penaltini o'ylab topolmasdim.

Reyting: -97   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика