So’nggi yangiliklar

00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  9 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3

Andrey Fyodorov: “Ochkolarni kuzda sanaymiz” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “Ochkolarni kuzda sanaymiz”

“Neftchi” – “Qo'qon-1912” bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg'onaliklar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirok etdi. Murabbiy o'yin haqida quyidagicha fikr bildirdi.

“Bugungi natija o'yinga mos bo'ldi. Qo'qon jamoasiga qarshi o'yinimiz bilan durang natijaga loyiq edik, g'alabaga emas. “Qo'qon-1912” futbolchilari jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega ekanligini ko'rinib turibdi. Mag'lubiyatga asosiy sabab sifatida aytishim mumkunki, bugun shogirdlarimda sportga xos xisiyot etishmadi. Yigitlarning jismoniy holati joyida. Gap ularning o'yinga bo'lgan munosabatidadir. 2 haftada 3 ta derbida ishtirok etdik. Mazkur o'yinlardan so'ng asosiy tarkibdagi yigitlarning ayrimlari bugungi bahsga to'liq tayyor emasligi ko'rindi. Gol urganimizdan so'ng taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik va o'yinimizda jonlanish yuzaga keldi. Biroq keyinchalik yigitlar mana tempni ushlab qola olishmadi.

- Andrey Vitalevich, “Neftchi”da tartib-intizom borasida kamchiliklar ko'zga tashlanyapti. Andijonda Muzaffarov chetlatilgan bo'lsa bugun Dilyor Irmatovda xuddi shunday vaziyat kuzatildi...
- Intizom masalasida doim yigitlar bilan ishlayman. Muzaffarov federaciya va klub tomonidan keskin jazolandi.  Dilyorga kelsak uning o'yin uslubi mana shunday keskin shakllangan. Irmatov xech qachon to'g'ridan-to'g'ri kartochka oladigan vaziyatlarni yuzaga keltirmaydi. Ilk sariq kartochkasi ham raqib bilan biroz tortishgani uchun oldi xolos. To'g'ri u qiziqon futbolchilar sirasiga kiradi.

- “Neftchi”  doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa hisoblanadi. Biroq 4-turdan keyin jamoaning bisotidagi ochkolari atiga 2 tani tashkil etadi xolos. Keyingi turda esa qiyin o'yin kutyapti.
-  Endi 4 ta o'yinda ishtirok etdik. Ochkolarni kuzda sanaymiz. Keyingi turni Buxoroda o'tkazamiz. Hozirdan navbatdagi bellashuv haqida o'ylashni boshlayman. Mening vazifam jamoani o'yinga qo'ldan kelgancha tayyorlash. Murabbiy uchrashuvda jamoasidan ko'p narsa kutadi. Lekin yashil maydondagi voqealar davomiyligi undagi ishtirokchilarga bog'liq. Maydonda murabbiy futbol o'ynamaydi. Mavsum avvalida muxlislarga yuqori natijalarni qayd etishga vada qilganmiz va shu maqsad sari doim olg'a boramiz, - dedi Fyodorov.


"Neftchi" matbuot xizmati


Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика