So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Andrey Fyodorov: “Jamoamiz oldiga qanday vazifa qo'yilishi dekabr oxirida hal bo'ladi” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “Jamoamiz oldiga qanday vazifa qo'yilishi dekabr oxirida hal bo'ladi”

Barcha jamoalar qatori Farg'onaning “Neftchi” jamoasi ham mavsum yakunlangani munosabati bilan tatilga chiqdi.

Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov tatilni o'tkazish uchun Moskva shahriga yo'l olganini aytib o'tish mumkindir. Andrey Vitalevich Rossiya safari arafasida “Neftchi” futbol klubining rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berib o'tdi. Murabbiy suhbat davomida yakunlangan mavsum, Oliy-2017ga tayyogarlik jarayoni va navbatdagi mavsumdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

OLIY LIGA-2016


Mavsum jamoamiz uchun notekis holatda o'tdi. 2015-yilgi mavsumda tashkil etgan tarkibimiz  chempionatda ancha mazmunli ishtirok etdi. SHu sababli yil oxirida klub rahbariyati bilan jamoa o'zagini saqlab qolib, ushbu yigitlar bilan kelgusi yilda ham natijalarni yanada yaxshilashga kelishib oldik. Afsuski, barchasi kutganimizdek bo'lmadi. Bu futbol. Joriy mavsumning birinchi davrasidan keyin shunday xulosaga keldimki, yigitlar o'tgan yilgi natijalardan biroz havolanib, xotirjamlikka berilishibdi. Bu holatlarga mashg'ulotlarda ham amin bo'ldim. Natijada esa o'yinlar biz kutgandek o'tmadi. 2016-yilgi mavsumga tayyorgarlik boshlaganimizda jamoadagi xar bir futbolchi bilan alohida suhbatda bo'ldim. Ularga boshlanayotgan mavsum og'ir bo'lishini, xar bir raqib bu yil yanada jiddiyroq ko'rinish olishini takidlagandim. Biroq yigitlarda ruhiy tayyogarlik, o'yinlar va mashg'ulotlarga jiddiy yondashish borasida kamchiliklar bo'ldi. Albatta bu borada murabbiylar shtabinining xatolar ham yo'q emas. Biz o'z vaqtida zahiradan o'yinga qo'shilib o'yinni kuchaytira oladigan, bahsni chinakamiga o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan o'yinchilarni to'g'ri tanlab, tarkibga jalb eta olmadik. Garchi bu yilgi natijalarimiz qoniqarsiz bo'lgan bo'lsada, o'yin sifatimizni o'rtacha deb baholagan bo'lardim.

YANGI MAVSUMGA TAYYORGARLIK

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga ko'p taraflama o'zgarishlar kiritmoqchimiz. Yani mashg'ultotlarni borishi va yangi o'yinchilarni tarkibga jalb qilish borasida xato qilmaslikka intilamiz. Albatta ayni paytda barcha muxlislarni “Neftchi”ning yangi mavsumda o'z oldiga qo'yadigan maqsadi qanday bo'lishi qiziqtirmoqda. Biroq bu haqida hali gapirishimga erta deb o'ylayman. Mavsum endi tugadi. Yil oxirida rahbariyat bilan uchrashganimizda bu masala hal bo'ladi.

GRANDLARGA QARSHI O'YINLAR

Haqiqatdan ham etakchi jamoalarga qarshi o'yinlarimiz mavsumdagi eng yaxshi bahslarimiz bo'ldi deb aytish mumkin. Biroq o'rtamiyona klublar bilan o'yinlarga munosabat o'ta engil bo'lgani sababli juda ko'p bahslarda imkoniyatni boy berdik. Bu o'z navbatda turnir jadvalidagi o'rnimizga salbiy tasir o'tkazdi. Mavsumdagi eng katta muammomiz – yigitlarning ruhiy tayyorgarligi pastligida bo'ldi. Men xar bir bahsdan avval ularga kerakli ko'rsatmalarni berib, xar taraflama futbolchilarni sportga xos yuqori ruh bilan maydonga chorladim.

MAVSUM KASHFIYOTI

Joriy mavsumning kashfiyot jamoasi bu shubhasiz  “Buxoro” klubi bo'ldi.  Bu fikrni bejizga aytmayapman. CHunki o'tgan yili Birinchi ligaga yo'l olishga yaqin turgan buxoroliklar bu mavsum kuchli to'rtlikdan o'rin egallashdi. Bu esa jamoani yangi mavsumga jiddiy xozirlik ko'rganidan, kuchli va salohiyatli ijrochilarni tarkibga jalb etganidan dalolat beradi. “Neftchi” jamoasi ham bu yil mana shunday natija qayd etishiga umid bildirgandim, afsus.

LEGIONERLAR

Fikrimcha, ushbu mavsum yurtimizda o'ynagan ko'plab legionerlar o'z ishlarini yaxshi bajarishdi. Kuzatishlarim  bo'yicha, chempionatimizdagi legioner maqomidagilar o'z jamoalarida haqiqiy etakchi sifatida faoliyat olib borishdi. Xorijlik futbolchilar maxalliy yoshlarimizni o'sishida katta yordam berdi deb o'ylayman. SHu o'rinda nega “Neftchi” jamoasi bu yil xorijliklarning xizmatlaridan foydalanmadi degan savol tug'ilishi mumkin ? Buning sabablari juda ko'p. O'zbekistonga keladigan legioner futbolchilar ko'proq Toshkent jamoalarda o'ynashga intilishadi. CHunki poytaxt klublarida o'z milliy terma jamoalariga chaqiruv olish imkoniyati yuqori hisoblanadi. Biz esa bu yil ko'proq maxalliy futbolchilarga tayanishga harakat qilgandik. Legioner o'yinchilar masalasida yana murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan maslahat qilib ko'ramiz.

MUXLISLARLARGA TILAKLAR

Birinchi o'rinda muxlislarga sog'liq-salomatlik tilayman. Axir sog'liq joyida bo'lsa futbol ham ko'ngilga sig'adi. Ularni yangi mavsumda ham Farg'ona jamoasini stadionga qo'llab-quvvatlab turishlariga chorlab qolaman. Barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman, – deb fikrlarini yakundi “Neftchi” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov.
 

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика