So’nggi yangiliklar

13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  1 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  4 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  4 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  11 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20

Andrey Fyodorov: "Istefo? Bu haqidagi gaplarga o'rganib qolganman" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Istefo? Bu haqidagi gaplarga o'rganib qolganman"

Derbidagi mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanining birinchi qismida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Agarda o'yinni umumiy tavsiflaydigan bo'lsak, dastlabki 15 daqiqada "Bunyodkor" katta ustunlikka ega bo'ldi. Jamoam bugun yakkakurashlarda mag'lub bo'ldi va shu sababdan o'yinda g'alabaga erisha olmadi. O'z yarim maydonimizda ko'plab qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Juda og'ir mag'lubiyat bo'ldi. Taktika, paslar yoki boshqalar haqida gapirish qiyin bo'lmoqda. O'yinni kuchaytirishga qiynalyapmiz. Ketma-ket oltinga teng ochkolarni yo'qotyapmiz. Bu esa mavsum yakunida katta tasir o'tkazishi mumkin.

- Futbolchilarda xuddi ishtiyoq yo'qdek ko'rinmoqda. "Lokomotiv"da moliyaviy muammolar bormi?
- Moliyaviy muammolar yo'q. Ketma-ket uchinchi o'yinda ham biz tezkor gol o'tkazib yuboryapmiz va shundan keyin o'yinda uzilishlar paydo bo'lyapti. "Lokomotiv" bir gol o'tkazib yuborib, taslim bo'ladigan jamoa emas. Bu borada ko'p ishlaymiz va navbatdagi o'yinlarda bunday bo'lmasligi uchun harakat qilamiz.

- "Lokomotiv" ketma-ket uchinchi marta mag'lub bo'ldi. O'yindan oldin sizning istefoingiz haqida malumotlar chiqqandi. Bunga nima deb izoh bera olasiz?
- Bu boradagi gaplarga o'rganib qolganman. Hozircha menga bu haqida rahbariyatdan hech qanday gaplar bo'lgani yo'q.

- Jamoa hujumchilari Marat Bikmaev va Abdul Aziz Yusupov haqida nima deya olasiz? Ular jarohatidan qachon davolanishadi?
- Kutyapmiz. Yusupovning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi. Maratni esa kutyapmiz. Dushanba kuni u boradagi so'nggi malumot bo'ladi. Hozircha u individual tarzda mashg'ulot o'tkazyapti.

- Oybek Qilichev 90 daqiqa o'ynashga tayyormi?
- Hozircha u 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas. U jamoamizga kechroq kelib qo'shildi. Tarkibda kira olmayotganlar hozirda 80 foizga ham tayyor emas.



Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика