Andrey Fyodorov: "Ismoilovning jamoaga qaytgani katta foyda berdi"
28 may 2016 21:07
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: "Ismoilovning jamoaga qaytgani katta foyda berdi"
- Umuman olganda o'yin to'liq bizning rejamiz asosida kechmadi. CHetlatishdan so'ng jamoamiz ko'rsatgan o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. O'yindan oldin "Neftchi" Toshkentda 2001 yildan buyon g'alaba qozona olmayotganini bilgandim. Bu noxush ananani buzganimizdan xursandmiz. Bugun aksariyat vaziyatlarda jamoamiz yaxshi harakat qildi. To'g'ri, xatolar bo'ldi. Bazi vaziyatlarda yaxshiroq o'ynashimiz ham mumkin edi. Qarshi hujumda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgandik. Umuman olganda, bugun jamoamiz mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazdi. Qizil kartochka futbolda bo'ladigan holat. SHu bois, har qanday vaziyatda jamoa tayyor turmoq lozim. Bugun jamoamiz futbolchilari iroda namoyish etishdi va juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Murod Ismoilovning jamoaga kelgani foyda berdimi? "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabada Murod Ismoilovning hissasi juda katta bo'ldi.
Fikrlar