So’nggi yangiliklar

14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  0 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1

Andrey Fyodorov: "Hakam o'zgarganini kiyinish xonasida bildim" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Hakam o'zgarganini kiyinish xonasida bildim"

O'zbekiston kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmon jamoa vakillari ishtirok etishdi.

Bosh murabbiy Andrey Fyodorovga "temiryo'lchilar" himoyachisi Igor Yelich hamrohlik qildi. 

A.Fyodorov: Avvalo, hozir men uchun o'yin haqida gapirish qiyin. CHunki, o'yin ikki qismdan iborat bo'ldi: chetlatishgacha bo'lgan vaqt va undan keyingisi. Agar hisobni inobatga olmasak, men futbolchilarimizning bugun ko'rsatgan o'yini va uchrashuvga munosabatidan xursand bo'ldim. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Ha, hisob juda ham yirik ko'rinish oldi. Maydonda bir kishi kam qolgan bo'lsakda, himoyaga yotib olganimiz yo'q. Omadimizni hujumdan izladik. Mezbonlar esa qarshi hujumdan unumli foydalanib, bizni jazolashdi. 

I.Yelich: Bugun shunchaki bizning kunimiz emasdi. Hammasi bizning zararimizga ishladi. Nachora, bu o'yinni tezroq esdan chiqarish kerak, uchrashuv tarixga aylandi. Endi bor etiborni Superliga o'yinlariga qaratamiz. 

- Jamoa bu o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rgan edi?

A.Fyodorov: Biz har bir uchrashuvga jiddiy yondashuv bilan tayyorgarlik ko'ramiz. Bu safar ham shunday bo'ldi. Siz bizni o'yinga masuliyatsizlik bilan tayyorgarlik ko'rgansizlar, uchrashuvni berdinglar, demoqchi bo'lyapsizmi? Xato o'ylayapsiz. Kubok o'yinlarida har qanday holatni kutish mumkin. Boz ustiga u bitta o'yindan iborat bo'lsa. 

- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatni qanday izohlaysiz?

A.Fyodorov: - Bu emociyalar bilan bog'liq vaziyat. Futbolchilar bunday muhim o'yinlarda asablarini jilovlay olmasliklari odatiy hol. Bundan avval ham bo'lgan, bundan keyin takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Lekin biz har bir uchrashuv oldidan futbolchilarga bu haqda gapiramiz. 

- Hakam almashgani haqida qachon xabar topdingiz?

A.Fyodorov: - Kiyinish xonasida. O'yin qaydnomasini to'ldirayotganimda bu haqda xabar berishdi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика