So’nggi yangiliklar

12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  0 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   0 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  17 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  7 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  13 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  10 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  38 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3

Andrey Fyodorov: "Bugun mag'lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Bugun mag'lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik"

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Mashal" (0:1) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun juda yomon o'ynadik Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman, ammo oxirgi 2 o'yinda o'yinimiz umuman o'xshamadi. O'yinlarni tahlil qilib, ko'rib chiqamiz. Birinchi bo'limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, biroq foydalana olmadik.

"Mashal" yaxshi o'ynadi va ijobiy natijaga erishib, 3 ochkoga ega bo'ldi.

Hech qachon hakamlar ustidan shikoyat qilmaganman, bugun ham unday qilmoqchi emasman.

Bir necha o'yindan beri ko'p sariq kartochkalar olyapmiz. Har bir o'yinga kamida 4 ta ogohlantirish to'g'ri kelyapti.

Bugungi o'yinga kelsak, 30-daqiqada raqib qo'polligi uchun ikkinchi sariqni olishi va maydondan chetlatilishi zarur edi. CHunki vaziyat kamiga sariq kartochkaga tortardi, lekin unday qilinmadi. Men bu bo'yicha hakamga murojaat qilsam, ular vaziyatni komissiya yordamida ko'rib chiqib, bir qarorga kelishlarini aytishdi", - deydi Fyodorov.

Marat Bikmaev nima uchun maydonga tushirilmadi?

Afsuski, mashg'ulotlardan birida uning eski jarohati bezovta qilib qoldi va o'yinda qatnasholmasdi. U zaxirada bor edi, biroq uning sog'ligi bilan tavakkal qilishni istamadik.


"Lokomotiv" bu mavsum 4 ta o'yinda g'alaba qozondi, shulardan 3 tasi "Buxoro", "Qizilqum", "Andijon", yani hali g'alaba qozonmagan jamoalar edi.

Bzi kuchsiz jamoalarga qarshi o'ynadik deyolmayman, oldin ham aytganimdek, uydami-safardami hech bir jamoa sizga ochkolarni shunchaki berib qo'ymaydi, bu uchun kurashish kerak. Bugun mag'lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik.


Istefo haqida o'ylamayapsizmi?

Yo'q, siz-chi? Lekin men o'ylaganim yo'q.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика