So’nggi yangiliklar

16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0

Andrey Fyodorov: "Bu biz uchun kuchli ruhiy zarba bo'ldi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Bu biz uchun kuchli ruhiy zarba bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bunday o'yinni sharhlash og'ir, nimaga deysizmi sababi ikkinchi o'yindirki katta tashabbusga ega bo'lib mag'lub bo'ldik. "So'g'diyona"dan shunday o'yin kutgandik, ammo o'tkazilgan gollarda o'zimiz xato qildik. Birinchi o'yinda bo'lgani kabi ko'p imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadik. "Metallurg" bilan o'yindan keyin xulosa chiqargandik va 4 kun davomida hujumlarni yakunlash ustida jiddiy ishlagandik.

Himoyada hech qachon bunday o'ynamagandik. Hozir ruhiy holat yaxshi emas, ammo tarkibimizda tajribali futbolchilar bor va bunday vaziyatdan chiqib ketishga ishonaman. Bu holatga tushib qolishimizga faqat o'zimiz aybdormiz, boshqa hech kim. Bundan chiqib ketish yo'llarini izlaymiz.

Takrorlayman bu kuchli ruhiy zarba bo'ldi. Buni tajribali futbolchilar o'zlariga olishlari kerak.

Marat Bikmaev keyingi o'yinga tayyor bo'lsa kerak. Uning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish hisoblanadi. Aslida bugungi o'yinga tayyorlagandik, ammo tavakkal qilishga shoshilmadik.

Mavsum boshida ko'plab etakchilarning ketishi qanchalik tasir qiladi? Albatta bu juda og'ir holat. Boshqa futbolchilar bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rasiz va ular ketib qolishsa rejalarimiz o'zgarib boraveradi. Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Mirzaev va Oleg Zoteev kabi futbolchilar klubni tark etishdi. Ammo takrorlayman oldinga intilish kerak. Afsuski hozir ularni o'rnini bosa olmaymiz, biroq ertami-kechmi o'rinbosarlar chiqishadi", - deydi Andrey Fyodorov.



Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика