So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  8 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  8 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Andrey Fyodorov: "Asosiysi mag'lub bo'lmadik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Asosiysi mag'lub bo'lmadik"

O'zbekiston Superligasi 12-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboev qatnashdi.

- Asosiysi bugungi uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadik. Biz bundanda yaxshiroq o'ynashimiz kerak, bunga majburmiz. Bunday raqiblar bilan bahslardagi durang - bizni qoniqtirmaydigan natija desam noto'g'ri bo'lmaydi. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborayotgan o'yinlar bizda ko'p kuzatilmoqda. Unda raqiblar himoyada ko'p sonli futbolchilar bilan o'ynashmoqda. Ammo ayrim uchrashuvlarda biz natijani qo'lga kirita olyapmiz.


Bugun "Qizilqum" himoyasida futbolchilar anchagina ko'p bo'ldi. Ular o'z jarima maydonlari yaqinida tartibli o'yin ko'rsatishlari natijasida shogirdlarim ko'plab zarbalar bera olishmadi. Agarda raqiblar ochiqroq o'yin namoyish qilishsa, zarbalarimiz ham ko'proq bo'lardi.

To'xtaxo'jaevning kichik jarohati bor edi. SHu boisdan uni ertaroq almashtirdik.

Albatta, har doim yangi futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olishga harakat qilamiz. Ular bizning darajamizdan ham kuchliroq bo'lishi kerak.

Ayni damda barcha legionerlarimiz kuchli. Nivaldo ancha o'yinlarni o'tkazib yubordi va shu sababli uning o'yinlari o'xshamayapti. CHo Suk Jani o'z uyiga ketkazib yubordik. U ham yaxshi saviyali futbolchi, biroq u begona davlat futbolini, begona tilni o'rgana olmadi. U o'z mamlakatini, yaqinlarini sog'indi va shu boisdan u rahbariyatga kelib, ketishini va o'zining o'rniga boshqa futbolchi olib kelishni aytdi.

Ikrom Aliboev: "Bugungi uchrashuv qiyin bo'ldi. "Qizilqum" biz kutgandan ham yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmayotgan bir vaqtda ular qarshi hujumda bizni jazolashdi. Bugun mag'lubiyatga teng durangni qayd etdik.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика