So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Andrey Fyodorov: "Al Vahda" guruhda birinchi o'rinda, demak ularning kuchsiz tomoni yo'q" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Al Vahda" guruhda birinchi o'rinda, demak ularning kuchsiz tomoni yo'q"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov va Azizbek Haydarov qatnashdi.

"Avvalo barchani Ramazon oyi boshlangani bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, biz ham, raqibimiz ham ertangi bahsdagi natija qanchalik muhim ekanligini tushunib turibdi. Afsuski OCHLdagi so'nggi turlardagi natijalarimiz ijobiy chiqmadi. SHu bois qolgan ikkala bahsda ham g'alaba qozonishimiz shart. Biz guruhdan chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Ertaga bizni faqat 3 ochko qiziqtiradi. SHu bois o'zimizning o'yinimizga etibor qaratamiz. "Al Vahda" qanday o'ynashining farqi yo'q. O'tgan mavsumda ham bu klub bilan bir guruhda bo'lganmiz, bir-birimizni yaxshi bilamiz. Barchasi maydonda hal bo'ladi. Kim ertaga ko'proq tayyor bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi.

Agar guruhda birinchi o'rinda borayotgan bo'lsa, menimcha "Al Vahda"ning kuchsiz tomonlari yo'q. Ammo ertaga raqibning kamchiliklarini topishga urinamiz", - deydi Andrey Fyodorov.

"Assalomu alaykum. Ramazon muborak bo'lsin. Bor etiborimiz keyingi bahsga qaratilgan. Maqsadimiz faqat va faqat 3 ochko olish. To'g'ri qiyin bo'ladi, ammo ortga yo'l yo'q. Tarkibimizda hech kimda jarohat yo'q, faqatgina bir himoyachimiz ikkita sariq kartochka olgani bois maydonga tusha olmaydi xolos. Barcha futbolchilar "Al Vahda"ga qarshi o'yin og'ir o'tishini tushunib turishibdi", - deydi Azizbek Haydarov.


Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика