So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  101 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Andrey Fyodorov: "Agar ketishim jamoani ayni paytdagi holatini yaxshilasa, ketishga tayyorman" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Agar ketishim jamoani ayni paytdagi holatini yaxshilasa, ketishga tayyorman"

Teglar :  NeftchiFyodorov
“Neftchi” – “So'g'diyona” o'yinidan so'ng farg'onaliklar ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yinni o'ylagan rejalarimiz asosida boshladik. Lekin bugungi uchrashuvda omadimiz kelmadi. Yigitlarda o'ziga bo'lgan ishonch etishmayapti. Oxirgi o'yinlarga qaraganda, bugungi o'yinda gol kiritish mumkin bo'lgan vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Biroq vaziyatlarni yakunlash borasida oqsadik. O'yin duranga mos edi. “Neftchi” futbolchilari tushkun holatdan endigina tiklanyapti. Sekin-asta o'yinimiz topib boramiz deb o'ylayman. Natija uchun esa muxlislardan uzr so'rayman. O'yindan so'ng muxlislar mendan istefo talab qilib xayqirishdi.  Agar meni ketishim jamoani ayni paytdagi holatini yaxshilasa, men ketishga tayyorman. Biroq istefoni rahbariyat hal etadi. Agar menga ishonch bildirishda davom etishsa, oxirgacha ishlashga tayyorman. Ochig'i, bu mavsum omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girmoqda. Mavsum avvalida jamoaga kuchli futbolchilarni jalb qilishga harakat qildik. Biroq ularning bizga qo'ygan talablari to'g'ri kelmadi. Selekciya masalasida hammasi ham murabbiylar shtabiga bog'liq emas. O'zimiz taklif qilgan futbolchilar esa jamoada kuchli raqobatni yuzaga keltira olishmayapti. Bizga jamoani o'z ortidan etaklay oladigan futbolchilar zarur. Albatta davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'ladi. Xozirdanoq xar bir chiziqqa saviyali futbolchini taklif qilishni reja qilyapmiz.

Evgeniy CHeremesinni ortga qaytarish? Ha, u bilan aloqada bo'lib turibmiz. Biroq u ham ortga qaytsa, faqat OCHLda o'ynaydigan klubga kelishini malum qilyapti. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Endi “Mashal”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz, - dedi Fyodorov.

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика