So’nggi yangiliklar

01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  11 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  6 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0 23:54Виталий Левченко: "Олдинга ҳаракат қилишда давом этамиз"  6 23:15Рўзиқул Бердиев: "Афсуски, натижа биз кутгандек бўлмади"  15 23:05"Ливерпуль" "Брентфорд" етакчисига даъвогар  0 22:27"Атлетико" 22+4 млн евро эвазига италиялик футболчини харид қилди  0 22:02Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Динамо" ва "Пахтакор" муросага келди  76 21:40Эксперт фикри. Мурод Исмоилов: "Нефтчи" чемпионликка катта қадам ташлади, "Насаф" осонликча таслим бўлмаса керак"  13 21:08Про лига. Далер Тухсановнинг дубли "Олимпик-MobiUz"га "ФарДУ" устидан ғалабани тақдим этди  0 21:05Суперлига. "Насаф" мавсумдаги илк мағлубиятини Фарғонада қабул қилиб олди  193

Andrey Demchenko: "Agar bitta o'yinni yutsak hammasi joyiga tushadi" Yangiliklar

Andrey Demchenko: "Agar bitta o'yinni yutsak hammasi joyiga tushadi"

Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan "Obod" - "Buxoro" (2:3) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Obod" bosh murabbiyi Andrey Demchenko savollarga javob qaytardi. 

- G'alaba qozonmas ekansan, hatto jurnalistlar ham kamayib ketadi, - deya so'z boshladi ukrainalik mutaxassis. - Futbolda hamma narsa natijaga bog'liq: hayot, oila, mashg'ulot, rahbariyat munosabati. Yutsang zo'r, yutqazsang muammolar kelib chiqaveradi. Endi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, futbolchilarimiz qandaydir chuqurlikka tushib qolgandek bo'lishdi. Balki ularni Qo'qondagi mag'lubiyat tushkunlikka tushirib qo'ygandir. Natijada ikkita oddiy golni o'tkazib yubordik. Futbolchilarda hayajon bor va buning tasirida o'yin tizgini qo'ldan chiqarildi. Lekin ikkinchi taymda ko'rdik, bizda kuch bor, yo'qsa ikkita gol ura olmasdik. 

- O'tkazib yuborilgan gollarda kim aybdor: darvozabonmi yo himoya chizig'imi? 
- Gollar odatda elementar xatolardan boshlanadi va bunda hammani ayblash mumkin. Bitta xato zanjirdek bir-biriga bog'lanib yakunda golga olib kelishi mumkin. Darvozabon esa xalqaning oxirgi tugmasi hisoblanadi.  

- Sizningcha, jamoa o'syaptimi? 
- Avvalgi ikkita o'yinda gol ura olmagandik, bugun esa uddasidan chiqdik. SHuni aytishim mumkin, biz to'g'ri yo'ldamiz. Jamoa o'syapti, lekin natija ko'rsatish uchun bizga vaqt kerak. 

- "Buxoro" "Obod"dan qaysi tomonlama kuchli ko'rindi? 
- Ularda o'yin yaxshi qo'yilgan ekan, hozircha o'zimiz haqida bunday deya olmayman. 

- O'zbekistonga kelib uchta o'yin o'tkazdingiz va uchalasida ham mag'lub bo'ldingiz. "Obod" boshqalar oldida rostan kuchsizmi? 
- Futbolda hamma statistikaga qarab baho beradi. Odamlarda uchta o'yin - uchta mag'lubiyat, demak "Obod" kuchsiz ekan tasavvur bo'lishi mumkin. Lekin shuni ishontirib aytamanki, biz hech kim uchun sovg'a bo'lmaymiz. 

- Yaqinda milliy terma jamoamizning o'yinlari tufayli oliy ligada tanaffus yuzaga keladi. Bu jamoangiz uchun foydali bo'lishi mumkinmi? 
- Hozirgi holatda tanaffus bizga foyda beradi deb o'ylayman, chunki jamoani ikkinchi davra boshlanishiga o'n kun qolganida tuzdik va futbolchilar bir-birlarini tushunib ketishi uchun vaqt kerak. Uchib ketayotgan samolyotni to'xtatib tamirlashning iloji yo'q, uni avval erga qo'ndirish kerak. Tanaffus ham biz uchun erga qo'nadigan payt bo'ladi va o'z kamchiliklarimizni bilib olamiz. 

- Balki "Obod"ning tavakkal o'ynagani maquldir, o'xshasa o'xshadi - o'xshamasa yo'q. 
- SHunchaki omad kelib qolar degan manoda to'p tepishdan foyda yo'q. Jamoa har qanday holatda ham o'z uslubiga tayangan holda harakat qilishi kerak. Poydevor bo'lmasa uy tez yiqiladi, futbolda ham shunday. Umid qilamanki, bitta g'alabaga erishsak hammasi joyiga tushadi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика