Andres Inesta Xitoyga emas, balki Yaponiyaga yo'l olishi mumkin
08 may 2018 09:30
Yangiliklar
Andres Inesta Xitoyga emas, balki Yaponiyaga yo'l olishi mumkin
“Barselona”ni mavsum so'ngida tark etadigan yarim himoyachi Andres Inesta katta ehtimol bilan faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Avvalroq futbolchining Xitoy chempionati ishtirokchisi “CHuncin Lifan” jamoasiga o'tishi taxmin qilingandi. Xitoyliklar Inestaga 3 mavsum uchun 81 million evro maosh va Andresning kompaniyasiga tegishli 6 mln shisha vinolarini 36 million evro sotib olishi haqida xabar berilgan edi. Biroq kecha klub rasmiy bayonnoma bilan chiqdi: “Biz Inesta bilan hamkorlik yo'lga qo'yamiz, ammo u safimizga futbolchi sifatida kela olmaydi”. 33 yoshli futbolchiga Xitoyning boshqa klublari va Yaponiya klubi “Vissel Kobe” xaridor bo'lib turibdi.
Malumot uchun Yaponiya klub egasi Xiroshi Mikitani “Barselona”ning titul homiysi “Rakuten”ning direktori hisoblanadi.
Fikrlar