Evropaning TOP klublari 60-70 million taklif qilayotgan futbolchini "Real" 14 millionga sotib olishi mumkin
29 noy 2025 10:12
Yangiliklar
Evropaning TOP klublari 60-70 million taklif qilayotgan futbolchini "Real" 14 millionga sotib olishi mumkin
Defensa Central xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi "Shtutgart"dan akademiyasi tarbiyalanuvchisi Chema Andresni 2026 yilda 13,5 million, 2027 yilda esa 18 million evro evaziga sotib olishi mumkin.
Manba bergan xabarga ko'ra, 20 yoshli yarim himoyachiga "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda, ammo yakuniy qarorni "qirollik klubi" qabul qiladi. Agar "Real" futbolchini sotib olishni istamasa, boshqa jamoalar uni qo'lga kiritishlari mumkin. APL grandlari yosh futbolchining transferiga 60-70 million evro sarflashga tayyor. Ammo "Shtutgart"ning o'zi futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi.
Andres Madrid klubini 2025 yilning yozida tark etgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar