So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  11 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  3 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  25

Andres Inesta: Biz ham insonmiz Yangiliklar

Andres Inesta: Biz ham insonmiz

Yaqinda Barselona yarim himoyachisi Andres Inesta The Guardian nashriga intervyu berdi.

Uning aytishicha, 2009 yili CHempionlar Ligasidagi g'alabadan so'ng ruhshunoslar xizmatiga muhtoj bo'lgan ekan.

JCH-2010 finalida Andres Gollandiyaga qarshi kechgan o'yinning 116-daqiqasida raqib darvozasini ish­g'ol qilib, jamoasiga g'alaba keltirgandi. Golni urganidan so'ng u Yoxannesburgdagi stadionning burchagiga yugurib borib futbolkasini ko'targan. Uning ichida Dani Xarke, sen hamisha biz bilan degan yozuv bor edi. Bu holat butun Ispaniyaga ko'z yoshi olib keldi, desak mubolag'a bo'lmas. SHuningdek, Danining rafiqasi Jessika ham yig'lagandi.

Jessika erining vafotidan 11 oy o'tib endi futbol tomosha qilgandi. Yani jahon chempionati finalini. Dani endigina 26 yoshda edi. U televizorni onasi Mariya va qizi bilan ko'rgandi. Bu Ispaniya terma jamoasi uchun shunchaki gol emasdi,-deydi Inesta.

Oradan olti yil o'tganidan so'ng Andres bu haqda gapirib o'tdi. Ines­ta kerakli vaqtda kerakli joyda bo'lmasligi ham mumkin edi. Agar o'sha golni urmaganida uning taqdiri hozir qanday kechayotganini hech kim bilmasdi. Balki ayni paytda Barselonaning mashg'ulotlar bazasida yurmasmidi, jahonning eng mashhur futbolchilaridan bo'lmasmidi.

Finaldan oldingi kechada Inesta mehmonxonani tark etmagan holda yugurishni mashq qilgandi. Andres o'zidagi ishonch uyg'onmaguncha koridorlarda yugurishni davom ettirgan. SHundan so'ng jamoaning barcha fizioterapevtlari uning sog'lig'i joyida ekanligini tasdiqlashgan.

Ammo hamma gap Inestaning mushaklarida emasdi. Uning ruhiy muammolari bor edi. 2009 yili u CHempionlar Ligasida, bir yil o'tib esa jahon chempionatida zafar quchdi. Aslida, o'sha yil Andreasning hayotidagi eng yaxshisi bo'lishi kerak edi. Aksiga olib eng yomoni bo'ldi. Bu ikki sovrin orasidagi vaqtda u juda qiynalgandi. Bu depressiya yoki kasallik emasdi. SHunchaki, xavotirlanish edi,-deb yozgan u o'zining Rassom nomli kitobida.



Inesta ECHL-2009ning finalida maydonga jarohat bilan tushgandi. SHifokorlar unga darvozaga zarba berishni taqiqlab qo'yishgandi. Mavsumlar oralig'ida jarohatini davolagan Karles Puyol sovuq xabar bilan keldi. O'shanda Andresning do'sti Espanol futbolchisi Dani Xarke olamdan o'tgandi. Uning o'limi Barselonaga ham tasirini o'tkazdi. O'shanda Andres qiynalgandi. Tahlillar uning jismoniy holati yaxshiligini ko'rsatsada, Inesta mashg'ulotlarni yakunlay olmadi. Pep Gvardiola har doimgidek unga ketishi uchun ruxsat berdi. O'shanda Gvardiola Ular kutib turadi, degandi. Ammo kutish uchun ko'p vaqt ketdi. Inesta maydonga tushganda o'ziga o'xshamasdi. Aprel oyiga kelganda esa yana bitta jarohat orttirib oldi. SHu tariqa jahon chempionatiga borishi so'roq ostida qolgandi. Oxir-oqibat o'ynashga toqati qolmagan Andres professional ruhshunoslarga murojaat qilishga majbur bo'ldi. Yordam kerakligida, ayniqsa, sportda uni qabul qilish kerak. Vaqti kelganda busiz hech nima qilib bo'lmaydi. Mutaxassislar bejizga mutaxassis emaslar. Ularning xizmatlaridan foydalanish shart,-deydi Inesta. U o'zi aytganidek qildi. Ammo bu haqda hech kim bilmadi. U JCH finalida urilgan gol haqida esladi. Ammo nima uchun uning shunchalik muhimligi haqida gapirmadi. Agar hamma ishingiz joyida bo'lmasa, sizni xavotirga soladigan narsalar yuz beraveradi. Natijada nazoratni yo'qotasiz. Bu esa yoqimsiz. Umuman, hammaning o'ziga yarasha muammosi bo'ladi. SHuni aytishim mumkin, odamning ruhiy holati bir soniyada o'zgarib ketishi mumkin.

Albatta, taqdirga tan bermadim. Menga yaqinlarim, eng asosiysi, futbol yordam berdi. Hech qachon bu o'yinni tashlashni istamaganman. Odamlar biz futbolchilarni umuman boshqa jonzot deb o'ylashadi. Lekin biz ham insonmiz. Bizning hayotimiz ham hammanikiga o'xshaydi.

Ko'pchilik bizning o'rnimizda bo'lib qolishni istaydi. Ammo har bir ishning o'ziga yarasha qiyinchiligi borligini unutmaslik lozim. Masalan, otam qurilishda halok bo'lishi mumkin edi. Lekin u tavakkal qilib har kun ishga borardi. CHunki shundan boshqa imkoni bo'lmagan. Yoki haydovchilarni olaylik... Futbolchilar esa tanqid, bosim ostida faoliyat yuritishadi. Buning uchun esa o'ta kuchli bo'lish kerak. Ishonchim komil, hamma ham bu bosimga bardosh bera olmaydi,-deydi Inesta.

Andres Barselona tufayli o'z uyini 12 yoshida tark etgandi. Ota-onasi uni La Masiyaga tashlab Ford Oriondagi uyiga qaytib ketishgan. Dastlabki kunlarda Inesta o'z xonasida yig'lashni kanda qilmasdi.

Futbolchi bo'lganimiz - bizning omadimiz. Buni shunchaki aytmayapman. Futbolchining hayoti ham bosh­qalarniki bilan bir xil. Jumladan, meniki ham. Birinchi jamoaga kirish uchun bor kuchim bilan mehnat qilganman. Asosiy tarkibda qolish uchun ham shunday mehnat qilishga to'g'ri keladi. Deyarli butun umrimni Barselonada o'tkazdim va 12 yoshimdan bosim ostida yashayman. Lekin siz futbolchi bo'lish uchun urinsangiz, yoshning ahamiyati yo'q,-deydi Inesta.

JARdagi turnir Andresni yana hayotga qaytardi. Hozirgacha Inesta Barselonada 30ta sovrinni qo'lga kiritdi. 32 yoshida ham o'zining kuchli jihatlarini yo'qotmagan va hamon jamoaning muhim o'yinchilaridan biri bo'lib turibdi.

H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика