Andrey Fyodorov Rossiyaga jo'nab ketdi
14 noy 2014 10:06
Yangiliklar
Andrey Fyodorov Rossiyaga jo'nab ketdi
Joriy mavsumning may oyidan boshlab “Neftchi” murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan Andrey Fyodorov kuni-kecha Rossiyaga jo'nab ketdi.
Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, Andrey Vitalevich bungacha Moskvada istiqomat qilib kelayotgandi. Yurtimizda mavsum yakunlangach, Fyodorov uyiga borib kelishni lozim topgan. Murabbiyning Farg'onaga qachon qaytib kelishi hozircha nomalum.
Eslatib o'tamiz, farg'onaliklar tatildan 10 dekabrda qaytadi.
Fikrlar