Andrea Pirlo: “Yuventus” yana yuqorida bo'lishiga ishonchim komil”
18 okt 2020 09:28
Yangiliklar


Andrea Pirlo: “Yuventus” yana yuqorida bo'lishiga ishonchim komil”
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya A seriyasi 4-turida “Krotone”ga qarshi (1:1) bellashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Afsuski, xatolarimiz tufayli ikkinchi o'yindirki maydonda bir kishi kam bo'lib qolayapmiz. Ammo “Yuve” yosh jamoa, hali futbolchilar ko'p mehnat qilishlari lozim. Biz sifatli jamoa tuza oldik. Ammo hali qilinadigan ishlarimiz ko'p. Futbolchilar xatolardan kerakli xulosa chiqarishadi.
Biz Skudetto uchun ko'plab jamoalar kurashishini bilamiz. Buning uchun barcha etarlicha mablag' sarflagan. “Jang” shiddatli kechadi “Yuventus” ochkolar uchun oxirigacha kurashadi. Biz allaqachon bir qator yo'qotishlarga uchradik. Ammo vaqti kelib yuqori pog'onalarda bo'lishimizga ishonchim komil” deya Pirloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar