Andrea Pirlo 2005 yilda faoliyatini tugatmoqchi bo'lgan

Narzulla Saydullayev
15 mar 2015, 10:29
Italiyalik yarim himoyachi Andrea Pirlo 2005 yilgi YCHL finalida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini tugatmoqchi bo'lgan ekan, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri.
Futbolchining aytishicha faqat o'sha kuni u faoliyatini tugatish haqida jiddiy bosh qotirgan.

Eslatib o'tamiz, 2005 yilgi Yevropa chempionlar ligasi finalida "Milan" o'yin davomida 3:0 hisobida oldinda borib penaltilar seriyasida "Liverpul"ga yutqazib qo'ygan edi.

Shundan so'ng, Pirlo 2006 yil Italiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'ldi. "Yuventus" safida bir necha marta Skudettoga ega chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net