Andre Villash-Boash: "Nima bo'lganini tushuntirib o'tish qiyin"
31 iyu 2014 00:37
Yangiliklar
Andre Villash-Boash: "Nima bo'lganini tushuntirib o'tish qiyin"
"Zenit" ustozi Andre Villash-Boash CHempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi AEKga qarshi kechgan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Nima bo'lganini tushuntirib o'tish qiyin. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik. Lekin hammasini bir vaziyat hal qildi. Biz yomon o'yin ko'rsatganimiz uchun yutqazdik demagan bo'lardim. Yigirma marotaba burchak to'pi va bir qator darvoza tomon berilgan zarbalardan ham qanday o'yin ko'rsatganimizni bilib olish mumkin. G'alaba qozonishimiz shart edi. Ammo bu natijani ham qabul qila olamiz. Yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz qimmatga tushdi. Bu ustida ish olib boramiz. Agarda yuzaga kelgan vaziyatlarni gol bilan yakunlaganimizda, kerakli natija bilan uyga qaytardik.
Fikrlar