Andre Silva "Tottenxem"da Keynning o'rnini egallashi mumkin
21 sen 2021 15:32
Yangiliklar
Andre Silva "Tottenxem"da Keynning o'rnini egallashi mumkin
"RB Leypcig" hujumchisi Andre Silva faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.
London klubi portugaliyalik futbolchini jamoadan ketishi mumkin bo'lgan hujumchi Xarri Keynga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Angliyalik futbolchi yozda "Tottenxem"dan ketishni xohlagandi, ammo klub rahbariyati uni qo'yib yuborishni rad etdi. Tomonlar hozirda yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda, ammo Keyn yangi kelishuvda xarid qilish bandi bo'lishini talab qilmoqda. Aynan shu sabab "shporlar" rahbariyati unga o'rinbosar qidirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Silva "RB Leypcig"ga yozda "Ayntraxt"dan 25 million evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar