So’nggi yangiliklar

20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  3 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2

Andijonliklarning qadrdon suhandoni - 75 yoshda! Yangiliklar

Andijonliklarning qadrdon suhandoni - 75 yoshda!

Andijondagi “Navro'z” stadioniga tashrif buyurgan ishqiboz bugun o'zining 75 yillik yubileyini nishonlayotgan Rabbono Kamolovich Rahmonovning shirin va betakror ovozini butun umrga eslab qolganligi shubhasiz.
Bu mashhur suhandonning chindan ham jozibali ohangi minglab muxlislar quloqlarida haligacha jaranglab turadi.
Asli buxorolik Rabbono Rahmonov 1957 yili, yani 17 yoshida Andijon tibbiyot institutiga o'qishga kirib, bu erda butun umrga qolib ketdi. Malum muddat o'zi bitirgan oliygohda ishladi, keyinchalik tibbiyot fanlari nomzodi darajasigacha ko'tarildi. 1981 yildan boshlab esa 20 yil davomida Andijon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida rahbar lavozimida ishladi.

Qahramonimiz azaldan qalam ahli bilan oshufta edi. Ammo u kishining ijodkorligidan ham ko'ra, futboldagi faolligi har qancha tahsinlarga loyiq. “Navro'z” stadioni radiouzeli karnaylarida uzoq yillar davomida Rabbono Kamolovichning jaranglagan betakror va o'ziga rom etuvchi ovozi hali hamon barchaning yodida va haligacha ko'pchilik u kishining elon va malumotlarni shirali tarzda o'qib eshittirishini o'zgacha bir entikish bilan eslaydi va qumsaydi.

Ushbu qutlug' kunda biz Rabbono Kamolovichni ko'psonli o'zbek futboli muxlislari, yaqinlari, qadrdonlari nomidan tabriklaymiz-qutlaymiz! Otaxonga uzoq umr, sihat-salomatlik, bardamlik tilab qolamiz! Ilohim, Gulnoraxon ayamiz bilan keksalik gashtini uzoq yillar birga surishsin!

Yubilyarimizga, shuningdek, o'zbek futboli sharhlovchilarining otaxoni sanalmish Axbor Rustamovich Imomxo'jaev ham o'z tabriklarini yo'llaydi:
- Aziz va muhtaram Rabbono aka! Siz qadrli do'stimizning tavallud topgan kuningizga 75 yil to'lishi munosabati bilan chin ko'ngildan, yuragimiz qo'ri ila tabriklaymiz va qutlaymiz! Biz sizni futbolimizning chin manodagi fidoyi insoni sifatida, mashhur shifokor sifatida taniymiz va hurmat qilamiz. Men andijonliklar sizni o'zbek Yuriy Levitani deb atashlaridan o'z vaqtida boshim osmonga etgan. Siz bizni faxrimiz, qalbimiz, iftixorimiz va qalin do'stimizsiz. Sizdek buyuk inson bilan aka-uka tutinganligim bilan o'zimni baxtli deb hisoblayman. Go'zal kelinoyimiz bilan qo'sha qarib, farzandlar va nevaralar baxtiga doimo omon bo'ling! Siz azizimizning 100 yillik to'yingizda yoningizda o'tirib, qutlash va tabriklash kaminaga ham nasib etishini Yaratganning o'zidan so'rab qolaman. Sizni qattiq quchib, do'stingiz Axbor.


Ulug'bek Mirzaev,
“Andijon” FK sport direktori
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика