Andijonlik ishqibozlar diqqatiga
09 apr 2015 10:00
Yangiliklar

Andijonlik ishqibozlar diqqatiga
Malumki, 11 aprel kuni biz muxlislarni qiziqarli kechishi kutilayotgan vodiy derbisi o'yini kutib turibdi. SHu kuni "Andijon" jamoasi safarda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi.
Mazkur uchrashuvga "Andijon" ishqibozlar klubi ham astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Futbolchilarimizni bevosita stadionda tartibli ravishda qizg'in qo'llab-quvvatlash uchun astoydil hozirlik ko'rilmoqda. SHuningdek andijonlik ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida "Qo'qon-1912" bilan o'yinga chiptalar Andijon shahrida ham sotilayotganini malum qilish joiz. Agarda sizda ham Qo'qonga borib, "burgutlarni" qo'llab-quvvatlash istagi bo'lsa, u holda "Navro'z" stadioni oldida Lutfullo Teshaboevdan chiptalarni sotib olishingiz mumkin bo'ladi.
Mezbon jamoa andijonlik muxlislar uchun 7-sektorni ajratgan. Joylar chegaralangan va chiptalarni sotib olishga shoshiling.
Eng muhimi safar davomida sevimli jamoamizni odob-ahloq qoidalariga amal qilgan holda, qo'llab-quvvatlaylik. Zero, sport bu - do'stlikdir.
"Andijon" ishqibozlar klubi.

Fikrlar