"Andijon" Toshkentga yo'l oldi
21 iyu 2014 08:55
Yangiliklar
"Andijon" Toshkentga yo'l oldi
Bugun kunning ikkinchi yarmida “Andijon” jamoasi yig'in o'tkazish uchun Toshkentga jo'nab ketdi.
Bir qator klublar kabi “Andijon” ham poytaxtdagi tayyorgarlik davomida “O'zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qiladi.
Ko'rikdan o'tish uchun bir nechta yangi o'yinchilar taklif qilinganini aytib o'tgandik. “Neftchi” o'rinbosarlariga qarshi kechgan nazorat uchrashuvidan keyin Lochin Dolimov, Oyatillo Muhiddinov va Sayriddin G'afforovga javob berildi.
Bu futbolchilarning harakatlaridan Sergey SHevchenko qoniqish hosil qilmagan ko'rinadi. SHunga qaramay, poytaxtdagi yig'inda tarkibga yana yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda. Toshkentda tayyorgarlik chog'ida futbolchilar “Futbol-Med”da tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Bundan tashqari nazorat o'yinlari ham rejalashtirilgan.
22 iyul kuni “Soliqchi” stadionida “Oqtepa” jamoasiga qarshi uchrashuv bo'lib o'tadi. 24 iyulda andijonliklar Krasnogorskda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashishadi. 26 iyul kuni raqibimiz “So'g'diyona” bo'ladi. Bu o'yin ham “Soliqchi” stadionida o'tkaziladi.

Fikrlar