"Andijon": Murabbiylar shtabi tasdiqlandi
15 jan 2014 09:28
Yangiliklar

"Andijon": Murabbiylar shtabi tasdiqlandi
“Andijon” jamoasida yig'ilish bo'lib o'tdi va unda bosh murabbiy Azamat Abduraimov murabbiylar shtabini tasdiqlandi.
Bunga ko'ra o'zgarishlar quyidagicha bo'ldi.
Bosh murabbiy Abduraimovga Orif Mamatkazin yordam beradi. Bungacha jamoada murabbiy bo'lib ishlagan Abdurashid Ismoilov endi sport direktori lavozimida faoliyat yuritadi. SHu o'rinda jamoamizda yangi murabbiy Robert Gay ish boshladi. jamoada tahlilchi murabbiy sifatida ish olib boradi. Yoshlar jamoasini Nozim Mullaoxunov boshqarsa, unga Qahramon Abduqodirov yordam beradi. SHuningdek, Qobil Olimjonov yoshlar jamoasida darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy sifatida taklif etildi. Bu borada bosh murabbiy Abduraimov quyidagi fikrlarni bildirdi. “Murabbiylar shtabini aniqlab oldik. Sport direktori vazifasiga o'tkazilgan Abdurashid Ismoilov yoshlar, ikkinchi liga jamoamiz hamda klubimiz qoshida bo'lgan futbol maktabidagi iqtidorli bolalarni kuzatib boradi. Ikkinchi liga jamoamiz 1996, 1997 va 1998 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat bo'ladi. Yoshlar jamoasini esa 1993, 1994 va 1995 yillarda tavallud topgan futbolchilar tashkil etadi. Ikkinchi liga jamoamizdan ko'zga ko'ringan o'yinchilarni o'rinbosarlar safiga taklif etamiz. Yoshlar jamoasidagi iqtidorlilarni esa asosiy tarkibga jalb qilamiz. Umuman olganda, barchamiz hamfikr bo'lgan holda ish olib boramiz. Bundan tashqari faxriylar jamoasi bu yil ham bo'ladi. O'tgan yili respublika chempionatida “Andijon” faxriylar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib finalgacha etib bordi. SHu bois joriy mavsumda ham faxriylar jamoasiga etibor qaratamiz. Bundan tashqari jamoaga o'ynovchi murabbiy sifatida tajribali darvozabon ham taklif etiladi”.
SHu bilan birga Abduraimov jamoada ish boshlagan yangi murabbiy Robert Gay xusisida ham o'z fikrini bildirdi. “O'tgan yili ilmiy murabbiy bo'lib ishlagan Aleksandr Kit jamoamizdan ketdi. SHu bois tahlilchi murabbiy sifatida jamoaga Gayni taklif qildik. Albatta, oliy ligaga chiqqanimizdan keyin jamoa oldidagi vazifalar ham jiddiy bo'ladi. Qolaversa, ishlar ham ko'payadi. SHuning uchun jamoada tahlilchi murabbiy lavozini joriy etdik. Unga esa Gay munosib nomzoddir. Uning vazifasi raqiblarni o'rganish, shuningdek, jamoamiz o'yinidagi kamchiliklarni tahlil qilishdan iborat bo'ladi. Bundan tashqari yangi taktik uslublar ustida ham ish olib boradi. Yani, himoyaga etibor qaratish yoki hujumkor o'yin ko'rsatish taktikalarida hamfikr bo'lib ishlaymiz”.

Fikrlar