So’nggi yangiliklar

10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  0 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0 09:18«Вест Хэм» анча вақт «Ювентус» қизиққан футболчи билан шартнома тузди  1 08:49Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  1 08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  1 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   3 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  7 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  28 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0

"Andijon" mavsumoldi yig'inlardan birini Turkiyada olib boradi Yangiliklar

"Andijon" mavsumoldi yig'inlardan birini Turkiyada olib boradi

Malumki, “Andijon” jamoasi kelasi mavsumda ham oliy ligada ishtirok etadi.
Albatta, “Andijon” klubining 50 yillik yubileyiga bu munosib sovg'a bo'ldi. Buning uchun jamoa rahbariyati O'FF mutasaddilariga minnatdorchilik bildirgan holda, ularga yangi mavsumda “Andijon” boshqacha o'yin ko'rsatishini, bundan buyon jamoa oliy ligadagi namunali klublar qatoridan o'rin olishga intilishini malum qildi. SHu bois andijonliklar puxta qilib 2015 yilgi mavsumga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqishdi. Ayni paytda hali hech bir jamoa chempionat boshlanguniga qadar qaerlarda yig'inlar o'tkazishi borasidagi rejalarini ommaga elon qilmadi. “Andijon” esa o'z rejalarini jamoatchilikka to'la-to'kis etkazishga qaror qildi.

Yangi chempionat boshlangunigacha andijonliklar beshta o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishni belgilaganlar. Dastlabki ikki haftalik yig'in Andijonda o'tadi. Bu yig'inda futbolchilarning tiklanish jarayoniga etibor qaratiladi. Yangi yil bayramidan keyin jamoa yana Andijonda shug'ullanadi. SHundan so'ng tayyorgarlik Toshkentga ko'chadi. Etiborlisi, fevral oyida andijonliklar Turkiyada yig'in o'tkazishni rejalashtirishgan. Oxirgi yig'in esa yana poytaxtda bo'ladi.

“Andijon” jamoasi yangi mavsumga mana bu grafik asosida hozirlik ko'radi:
1) 2014 yil 15-29 dekabr – Andijonda;
2) 2015 yil 4-18 yanvar – Andijonda;
3) 2015 yil 22 yanvar-4 fevral – Toshkentda;
4) 2015 yil 7-21 fevral – Turkiyada;
5) 2015 yil 24 fevral-1 mart – Toshkentda.

Uchinchi yig'in yakunida, yani yanvarning oxiri-fevralning birinchi kunlarida jamoa azolari O'FF qoshidagi “Futbol-MED” tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Olingan malumotlarga ko'ra, 17 dekabr kuni oliy liga klublari o'rtasidagi 2015 yilgi chempionat taqvimini tuzish uchun qura tashlanadi. 24-milliy chempionatning boshlanishi esa 7-8 martga mo'ljallanmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика