"Andijon" yig'inni yakunladi
29 dek 2014 15:56
Yangiliklar

"Andijon" yig'inni yakunladi
Oliy liga jamoalari asta-sekin dastlabki bosqich yig'inlarini yakunlamoqda.
Bugun andijonliklar SHo'rbuloq dahasida joylashgan suniy-qoplamali stadionda ikki tarkibga bo'lingan xolda, o'yin tashkil etdi.
Hozircha tarkibda asosan mahalliy yigitlar ekanligini ko'rish mumkin. Mazkur uchrashuvdan so'ng murabbiylar ayrim o'yinchilarga javob berishi kutilmoqda.
"Yashillar" va "Qizillar" o'rtasida kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Gollarga Isroil Tursunov bilan Akmal Ergashev mualliflik qildi.
Uchrashuvdan so'ng jamoa yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli dam olishga chiqdi. Ikkinchi bosqich yig'ini 4 yanvardan boshlanadi. Bosh murabbiy Edgar Gessni ham yanvar oyining dastlabki kunlarida Andijonga etib kelishi aytilmoqda.

Fikrlar