"Andijon" ham yig'inni boshladi. Tarkibda bir qator yangilar
05 jan 2015 21:20
Yangiliklar

"Andijon" ham yig'inni boshladi. Tarkibda bir qator yangilar
Burgutlar bugun tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini boshladi.
Jamoa azolari tushlikdan so'ng Andijonda yig'ildi va soat 15:30da SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydonda engil mashg'ulotlar o'tkazildi. Bu safar yig'inga Edgar Gessning o'zi bosh bo'ladi. Etiborlisi mashg'ulot jarayoniga Andijon shahar hokimi Nurillo Alimovning shaxsan o'zi tashrif buyuurib, jamoa azolari bilan uchrashdi va ijobiy tomonga o'zgarish bo'lishi to'g'risida aytib o'tdi.
Jamoaning birinchi kungi mashg'ulotida bir qator yangi futbolchilar ishtirok etdi. Xususan "Buxoro" bilan xayrlashgan Farrux Turdialiev, SHukur Jumaboev, Sanjar Asqaraliev Navbahor hujumchisi Abdumalik Abdullaev. SHuningdek malum muddat jamoasiz yurgan SHavkat Raimqulov, Temur Yafarov singari o'yinchilar ko'rikdan o'tmoqda. Bulardan tashqari yana boshqa o'yinchilarning ham yaqin kunlarda klub lageriga etib kelishi kutilmoqda.

Fikrlar