So’nggi yangiliklar

19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  3 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  5 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   6 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1

Andijonning yangi etakchilaridan biri: Kubokda ham, Superligada ham faqat g'alaba uchun kurashamiz Yangiliklar

Andijonning yangi etakchilaridan biri: Kubokda ham, Superligada ham faqat g'alaba uchun kurashamiz

CHempionatni muvaffaqiyatli boshlagan Andijon endi O'zbekiston Kubogida ham yurishini boshlaydi.

Albatta hozir emas. Ammo Kubok bahslari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi va tabiiyki, guruhlar barchani qiziqtirmoqda. «Andijon» esa «N» guruhida «Dinamo», «Nasaf» hamda «Navbahor» bilan joylashdi. «Burgutlar» safida o'zini ko'rsatayotgan futbolchilardan biri Bektemir Abdumannonov esa «Andijon» matbuot xizmatiga qura haqida intervyu berdi.

-Bektemir, O'zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qura tashlandi. «Andijon» joy olgan guruh haqida fikringiz qanday?

-Kubok bosqichida ham yaxshi natijalar ko'rsatib, guruhdan chiqishni niyat qilyapmiz. Guruhimizda yaxshi jamoalar bor. Bu esa bizga yanada yaxshi tajriba bo'ladi, deb o'ylayman. Guruhimizdagi ikkita o'yinni o'z maydonimizda o'tkazamiz. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

-Deryali hamma «N» guruhiga «o'lim guruhi» deya nom berishyapti…

-Hozir hamma klublar o'ziga yarasha yaxshi. Qancha kuchli raqib bo'lsa, shuncha yaxshi. Biz barcha uchrashuvda maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz.

-Bular siz kutgan raqiblarmi yoki…

-Yo'q, bu jamoalarni kutmagandim.

-«Andijon» chempionatni yaxshi boshladi. Superliga bilan Kubok bahslari orasida siz uchun eng muhimi qaysi?

-Jamoamiz bilan Kubokda ham, Superligada ham g'alaba uchun kurashamiz. O'zbekiston Kubogida masuliyat katta. Yutqazsangiz musobaqani tark etasiz. Kubok uchrashuvlari shunisi bilan ham qiziq.

-30 mart kuni «Nasaf» «Bobur Arena»da o'ynaydi. Bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik qanday va nima kutyapsiz?

-Jamoa bilan mashg'ulotlarga jiddiy kirishganmiz. 23 mart kuni Qirg'iziston U 20 terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Undan keyin bor etiborni 30 mart kunida bo'ladigan o'yinga qaratamiz. Kayfiyat alo darajada va shunday ruhda o'yinlarimizni davom ettiramiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика