So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

"Andijon"ning rossiyalik hujumchisi: "Maqsad – klub tarkibida iloji boricha ko'proq sovrin va unvonlarga ega bo'lish" Yangiliklar

"Andijon"ning rossiyalik hujumchisi: "Maqsad – klub tarkibida iloji boricha ko'proq sovrin va unvonlarga ega bo'lish"

"Andijon" safiga yangi qo'shilgan futbolchilar orasida CSKA klubi tarbiyalanuvchisi, istedodli hujumchi Luka Zgurskiy ham borligini bilasiz.

Rossiyalik futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochildi va “Andijon”da nimalarga qodirligini ko'rsatmoqchi. SHu bilan birga u yangi sarguzashtlarga ham tayyorlanmoqda. Luka “Andijon” matbuot xizmatiga ilk intervyusi berdi.


-Luka, siz endi rasman “Andijon” azosisiz. Yangi klubda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

-O'zimni bu erda alo darajada his qilyapman. “Andijon”dek klubda o'ynashdan xursandman.

-Oldin “Andijon” haqida nimalarni eshitgansiz?

-Aytishim mumkinki, “Andijon” jamoasini yaxshi va ajoyib muxlislarga ega klub deb eshitganman.

-Luka, ayting-chi, CSKA klubidagi faoliyatingiz qanday kechdi?

-CSKAda turli xil yaxshi va buning aksi o'laroq yoqimsiz damlar ham bo'lgan. Har qanday holatda ham shu darajaga etishimda mazkur jamoaning hissasi katta ekanligini takidlab o'tmasam bo'lmaydi.

-“Andijon”ga ko'chib o'tishingizda CSKA va umuman u erdagilarning munosabati qanday bo'ldi?

-Muxlislar va o'yinchilarning munosabati turlicha bo'ldi. Lekin ko'pchilik bu tanlovimni qo'llab-quvvatladi.

-Siz hujumchisiz. Tabiiyki, muxlislar sizdan ko'p narsa kutishadi. O'tgan yili Rubin Xebay eng yaxshi to'purar bo'lgandi. Uning o'rnini egallashga tayyormisiz?

-Iloji boricha tezroq o'zimga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. SHu bilan birga to'purar bo'lishga va fursati kelganida himoyadagi sheriklarimga ham yordamlashishga harakat qilaman.

-Adashmasam, siz ilgari ham O'zbekistonga kelgansiz-a?

-Ha, oldin Rossiya U21 tarkibida O'zbekistonda – Buxoro shahrida bo'lib, ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganman.

-Siz va Maksim Sarraf CSKAdan “Andijon”ga qo'shilganinglardan so'ng “Sport Ekspress” nashri men bilan aloqaga chiqdi va bu transferlarga qiziqishdi. Rossiyalik jurnalistlar ham bu masalada sizlar bilan bog'lanishgandir…

-Ha, rossiyalik jurnalistlar bu o'tishim qanday amalga oshgani bilan qiziqishdi.

-Asosiy maqsadingiz nima?

-Maqsad – “Andijon” tarkibida iloji boricha ko'proq sovrin va unvonlarga ega bo'lish. Albatta, jamoa uchun foydasi tegadigan futbolchi bo'lishga va ko'proq gollar urishga, to'purarlar poygasiga kirishga harakat qilaman.

-Qaysi raqamni tanladingiz?

-O'zimga 51-raqamni oldim.

-“Andijon” jamoasiga moslashuv jarayoni qanday kechyapti?

-Moslashish jarayoni zo'r o'tmoqda va buning uchun o'yinchilarga, klub rahbariyati va xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика