So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Andijon"ning kelajagi, so'nggi yillardagi pasayish va "Navbahor" bilan o'yin". Ibrohim Otaxonov bilan intervyu Yangiliklar

"Andijon"ning kelajagi, so'nggi yillardagi pasayish va "Navbahor" bilan o'yin". Ibrohim Otaxonov bilan intervyu

Superliganing 12-turiga kelib "Andijon" jamoasi uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdi.

"Navbahor" bilan kechgan uchrashuvda Yorqin Nazarov shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozondi va o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Himoya chizig'i vakillarining ishonchli harakatlari jamoaning yutug'ida katta rol o'ynadi, deya olamiz.

Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoaning kam sonli tajribali futbolchilaridan biri Ibrohim Otaxonovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Darhaqiqat kecha chinakam derbi guvohiga aylandik. "Andijon" taktik tomondan "Navbahor"ni yutdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Tanlangan taktika va o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Fikringizga qo'shilaman. To'g'ri aytdingiz, tanlagan taktikamiz ish berdi. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida "Navbahor"ning so'nggi o'yinlarini o'rganib chiqqandik. SHundan kelib chiqib o'z o'yinimizni tashkil qilishga harakat qildik. Yakunda biz uchun omadli kecha bo'ldi. Stadionga tashrif buyurib qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. 

- "Andijon" shu paytga qadar "Navbahor" maydonida g'alaba qozonishni uddasidan chiqa olmagandi. Nima, deb o'ylaysiz, balki mazkur jihat ham jamoaga qo'shimcha motivaciya berdimi?

- Ha, jamoamizga Namanganda yutuqni qo'lga kiritish nasib qilmagandi. Yangi tarix yaratdik, desam ham bo'ladi. 

- Jamoaning Superligada birinchi davradagi ishtiroki borasida nima deya olasiz? Lekin so'nggi turlarga kelib "Andijon"ning o'yinida ijobiy o'zgarish borligini payqadik...

- To'g'ri takidladingiz. Bilasiz, jamoamiz yosh futbolchilar bilan yangidan shakllanmoqda. Bu ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. O'z o'yinimizni topib olish qiyin kechdi. Oxirgi uchrashuvlarda o'zimizga bo'lgan ishonch ortishi hisobiga o'yinimiz ham o'xshadi va mana natija ham sekin-asta keldi. 

- Jamoadagi kam sonli tajribali futbolchilardan biri bo'lasiz. SHuningdek haqiqiy Andijon o'g'lonisiz desak mubolag'a bo'lmaydi. Mavsum boshida yana katta futbolga qaytdingiz. Bunga nima turtki bo'ldi ?

- "Andijon" men uchun begona jamoa emas. Klubning eshiklari men uchun hamisha ochiq, deb o'ylayman. Murabbiylar meni jamoada ko'rishni istashdi. Ularga qo'limdan kelganicha yordam berishga vada berdim. 

- Klubning so'nggi yillarda jon saqlash uchun kurashgani achinarli holat emasmi?  

- Jamoa oxirgi mavsumlarda Superligada qolish uchun harakat qilayotgani to'g'ri. Lekin bugungi kunda "Andijon"da katta o'zgarishlar bo'lmoqda. Klub prezidenti Juratbek Quvvatov 3 yil ichida jamoani kuchlilar qatoriga olib kirishga bel bog'lagan. Barcha birdek harakat qilmoqda. Rahbariyatning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. 

- So'nggi daqiqalarda himoyachi Usmonali Ismonalievning hujumga o'tishi oldindan o'ylangan taktika edimi?

- O'yin durangga qarab ketayotgandi. Biz oxirgi daqiqalar qolganini bilib hujumga o'tdik. Usmonali Ismonaliev hujumchi rolida juda yaxshi o'ynadi va to'pni yaxshi qabul qilib olib g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi. 

-  Andijon futbolining ertasini qanday ko'ryapsiz?

- "Andijon"ning kelajagi borligi aniq. Amalga oshirilayotgan ishlar o'z mevasini berishiga ishonaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика