So’nggi yangiliklar

23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  2 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  4 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 22:12Саудия Арабистонида бугун чемпион аниқланиши мумкин  0 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  3 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  5 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  8 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  6 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2

Andijonning “AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasi Qozog'istondagi turnirda finalga chiqdi Yangiliklar

Andijonning “AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasi Qozog'istondagi turnirda finalga chiqdi

Avval xabar berganimizdek, ayni damda Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MDX davlatlari ishtirokida 13-14 yoshli bolalar o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Unda Andijon viloyati akademiyasining “AFA-SGS Shiringaz-2005” va “AFA-SGS Shiringaz-2006” jamoalari ishtirok etmoqda.

Kecha musobaqaning yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda 2005 yilda tavallud topgan andijonlik yoshlar Qirg'iziston poytaxti Bishkekning “Dordoy” jamoasiga qarshi to'qnash keldi. Xabaringiz bor, yaqinda Andijon viloyati akademiyasining katta murabbiyi Yazgeldi Kutdanov vafot etdi. SHu munosabat bilan “AFA-SGS Shiringaz-2005” - “Dordoy” uchrashuvi oldidan 1 daqiqalik sukut saqlandi. Qiziqarli va murosasiz kechgan yarim final bahsida andijonlik yoshlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. “AFA-SGS Shiringaz-2005” ning har ikki goliga ham O'ktambek Abdumalikov mualliflik qilganini aytish lozim. SHu tariqa SHoxruh Ishanov boshqvaruvidagi jamoa musobaqaning final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi “AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasi finalda chempionlik uchun Sirdaryo viloyatining “Sirdaryo” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur musobaqada qatnashayotggan Lochin Guldaev boshqaruvidagi “AFA-SGS Shiringaz-2006” jamoasi esa yarim finalda “Kayrat-akademiya” jamoasiga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.


“AFA-SGS Shiringaz-2005”  jamoasi


Uchrashuv 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.


“AFA-SGS Shiringaz-2005”  futbolchilari Yazgeldi Kutdanov vafoti munosabati bilan qora lenta bilan tushishdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика