So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

"Andijon"ni muxlislar istaydigan tajovuzkor jamoaga aylantirmoqchiman" - Aleksandr Xomyakov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Andijon"ni muxlislar istaydigan tajovuzkor jamoaga aylantirmoqchiman" - Aleksandr Xomyakov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 12-turi doirasidagi "Andijon" - AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Albatta natijadan xafamiz. O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq uchrashuv bizning nazorat ostida o'tmayotgani ko'rinib turgandi. Biz boshqacha o'yin tashkil etishni rejalashtirgandik. Passiv o'yin ko'rsatdik. Ustunlikka egalik qila olmadik. AGMK esa bizning xatolarimizdan unumli foydalandi. O'tkazib yuborilgan golni yo'qqa chiqarishga erishdik. Biroq ikkinchi golga javob bera olmadik. Katta kuch bilan oldinga o'tib ketib, himoyani unutib qo'ydik. Natijada ikkinchi bo'limda qarshi hujum qurboniga aylandik. 

Keyinchalik uyushtirilgan hujumlar samara bermadi. Tegishli xulosalarni chiqarish lozim. Oxirgi haftalarda juda tig'iz taqvim bo'ldi. AGMK bugun bizga nisbatan engilroq o'ynadi. Bu sezilib turdi. O'yin kartinasida bugun biz qiynalayotganimiz ko'rinib turdi. Bu jamoaviy harakatlarda, tezlikda, harakatlanishda sezilib turdi. 

Men jamoa nomidan va o'zim nomimdan uzr so'rayman. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib, bizni keskin muhokama qilmasliklarini iltimos qilardim. Ishlashda davom etamiz va xatolarni tuzatamiz.

Ishonch kafolati? Albatta klub rahbariyati tomonidan ishonch sezilmoqda. Ular meni barcha jabhalarda qo'llab-quvvatlashmoqda. Men Andijonga ishlash uchun keldim. Men stadionga keladigan muxlislar istaydigan va ko'rishni xohlaydigan hujumkor o'yin qurmoqchiman. Buning uchun malum vaqt talab etiladi. 

Meni havotirga solayotgan jihat? Ko'proq jamoa o'z kuchiga bo'lgan ishonchi u qadar yuqori emasligi ranjitmoqda. Ko'proq sovuqqonlik bilan, agressiv, keskinroq ruhda tajovuzkor o'yin qilish lozim. Ayniqsa bunday ajoyib qo'llab-quvvatlov ostida yanada mazmunli va hujumkor o'yin ko'rsatish lozim. Qaysidir manoda bugun himoyadan, chuqurroq himoyalangan holda o'ynasak ham bo'lardi. Kuchimizni tejagan holda o'ynasak, ikkinchi bo'limda yanada yaxshiroq harakatlanishimiz mumkinmidi. Balki bu natija keltirarmidi. Lekin muxlislar stadionga chiroyli va hujumkor o'yin ko'rish uchun kelishlarini inobatga olgan holda taktika tanlagandim. Odatda doim 70-daqiqadan keyin muntazam gol o'tkazib yubormoqdamiz. Bu kishini o'ylantiradi.

Bugun ko'proq akcent g'alaba va hujumkor o'yinga qaratilgandi. Lekin himoya bilan hujumni bir xil balansda ushlashni eplolmadik. 

Transfer? Xohlardim. Ko'proq hujum chizig'ini kuchaytirishni o'ylayapman. Hali bu borada aniq bir to'xtamga kelingani yo'q. Transfer haqida hali gaplashganimiz yo'q. CHunki hali qo'l ostimdagi futbolchilarning mavjud potencialidan to'la xabardor emasman. Keyinroq bu haqida o'ylab ko'ramiz.

Men "Andijon"ni tajovuzkor jamoaga aylantirishni istardim. Buning uchun hujumda qiziqarli va kreativ o'ylaydigan futbolchilar kerak bo'ladi. 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика