Andijonliklardan navbatdagi g'alabalar
25 mar 2019 21:32
Yangiliklar


Andijonliklardan navbatdagi g'alabalar
Unda Andijon viloyatining ikki jamoasi “AFA-SGS Shiringaz-2005” va “AFA-SGS Shiringaz-2006” ishtirok etmoqda.
Bugun andijonliklar guruhdagi ikkinchi tur o'yinlarini o'tkazdi. Etiborlisi Lochin Guldaev boshqaruvidagi “AFA-SGS Shiringaz-2006” jamoasi bu safar ham g'alaba qozondi. Rossiyaning “Molniya” FK jamoasiga qarshi kechgan bahsda andijonliklar yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozongani etiborga molikdir. Gollarga Bekmurod Abduraimjonov, Abdulloh Abdunabiev, Bekzod Sulaymonov hamda Abdug'ani G'ulomov mualliflik qilganini aytish lozim.
SHoxrux Ishanov murabbiyligidagi “AFA-SGS Shiringaz-2005” esa “Qayrat” FK akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi kurash olib bordi. Mezbonlarga qarshi kechgan uchrashuvda andijonliklar raqib darvozasiga ikki bor yo'l topib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan xolda, yakunda turnirdagi ilk g'alabasini tantana qildi. “AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasidan gollarni Zayniddin Hamroboev bilan Akbarxo'ja No'monxo'jaev kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar