So’nggi yangiliklar

10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  3 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1

Andijonliklar Qozog'istondagi turnirni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Andijonliklar Qozog'istondagi turnirni g'alaba bilan boshladi

Andijon shahridagi “Andijon Futbol Akademiya” tarbiyalanuvchilaridan iborat bo'lgan bolalar jamoasi har yili Rossiya va Qozog'iston davlatlarida o'tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etib kelmoqda.

Joriy yilning 24 mart kuni Qozog'iston Respublikasining Olma-Ota shahrida navbatdagi xalqaro musobaqaga start berildi.

Unda “AFA” jamoalaridan tashqari Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan ham jamoalar tashrif buyurganini etirof etish lozim.

Mazkur musobaqada “AFA”dan ikkita jamoa ishtirok etmoqda. Yani SHoxruh Ishanov boshqaruvidagi “AFA-SGS Shiringaz-2005” hamda Lochin Guldaev murabbiyligidagi “AFA-SGS Shiringaz-2006” jamoasi.

2005 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada jami 12ta jamoa 3ta guruhga bo'lingan xolda, g'oliblik uchun kurash olib borayotgan bo'lsa, 2006 yilda tavallud topgan bolalar jamoalari soni 16tani tashkil etdi.

Ahamiyatlisi “AFA-SGS Shiringaz-2006” jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Qozog'istonning “Ostona-Cesna” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Abdug'ani G'ulomov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda andijonliklarning g'alabasini tamiinladi.

“AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasi esa chempionatning dastlabki turida Qirg'iziston chempioni “Bishkek-Ilbirs” jamoasi bilan ro'baro' keldi. Yakunda tomonlar 2:2 hisobida durangga imzo chekdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bahsda andijonliklardan Azizbek Usmonov dubl muallifiga aylandi.

Malumot uchun mazkur musobaqa 31 mart kuniga qadar davom etadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика