So’nggi yangiliklar

18:28Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланмоқда  0 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  0 18:20Суперлига. "Андижон" - "Сурхон". Таркиблар маълум  0 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  7 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  4 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  7 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  1 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  3 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  19 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0

Andijonda yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi FOTO Yangiliklar

Andijonda yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi FOTO

Teglar :  Andijon
Bugun Andijon shahrida yosh futblchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Gap shundaki, “Andijon” professional futbol klubi qoshida bo'lgan Bo'ston dahasidagi “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi”ning yosh futbolchilari yaqinda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida va Andijon viloyatining SHahrixon tumanida o'tkazilgan turnirda sovrindorlar qatoridan o'rin egalladi. SHu bois ushbu musobaqalarda 2-3-o'rinlarni egallagan yosh futbolchilarni bugun ota-onalari va murabbiylari ishtirokida taqdirlab, kichik medallar va bir qator sovg'alar ulashildi.


Ushbu tadbir Bo'ston dahasidagi futbol maktab binosida o'tkazildi. Marosimda “Andijon” FK ijrochi direktori Sanjarbek Yakubbekov ham ishtirok etdi va so'z navbati birinchi u kishiga berildi. – Assalomu alaykum xurmatli ota-onalar, murabbiylar va bolajonlar. Jamoamiz qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari o'zlari ishtirok etgan musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib qaytgani, bizni juda-juda quvontirdi. Ertangi kunimiz bo'lmish ushbu bolalardan umidimiz nihoyatda katta. Muxtaram yurtboshimiz tomonidan millionlar o'yiniga keng tarzda etibor qaratilayotganini alohida takidlab o'tishni istardim. Xususan viloyatimiz rahbari xurmatli SHuhratbek Abdurahmonov ham futbolga katta etibor qaratib, uning rivoji yo'lida keng-ko'lamdagi sharoitlarni yaratib bermoqda. “Andijon” futbol klubining falsafasi mahalliy yoshlarni yuzaga chiqarish va mustahkam poydevor qurish. Joriy yildan shu maqsad yo'lida ishga qattiq kirishganmiz. Klubimiz tasarrufida bo'lgan ushbu futbol maktabidan ko'plab taniqli futbolchilar etishib chiqqani hech kimga sir emas. So'zimga isbot tariqasida ayni damda ushbu maktab direktori sifatida faoliyat yuritayotgan Bekzodbek Karimovni aytish mumkin. Umid qilamizki kelgusida ularning soni ortib boradi. Bu erda o'z oliy ligada o'ynagan bir nechta yosh murabbiylar faoliyat yuritmoqda. Ular “Andijon” jamoamizga munosib o'yinchilarni tarbiyalab, etkazib beradi degan umiddaman. Barchangizni turnirdagi ajoyib ishtirok uchun tabriklayman – deydi Sanjarbek Sirojiddinbekovich.


SHundan so'ng so'z navbati “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi” direktori Bekzodbek Karimovga berildi. – Avvalambor shu erga kelib tadbirimizda ishtirok etib turganinglar uchun minnatdorchilik bildiraman. Qo'l ostimizdagi yosh futbolchilar yaqinda Bekobod shahri va SHahrixon tumanida o'tkazilgan turnirlarda sovrinli o'rinlar bilan qaytdi. Bolalarimiz asta-sekin o'zlarini ko'rsatib bormoqda. Maqsadimiz nafaqat “Andijon” futbol klubiga balki turli yoshdagi o'smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalariga munosib futbolchilarni etkazib berishdir. Buning uchun siz ota-onalardan ham iltimos qilardimki, biz bilan birgalikda hamkorlikda bolalaringizni tarbiyasida yordam berishlaring juda muhim. Ularni to'g'ri yo'ldan etaklash bizning burchimizdir. “Andijon” jamoamiz tomonidan maktabimizga bo'layotgan etibor yuqori darajada bo'layotganini aytish lozim. Vice-prezident Abdisolomov Marufjon Jamoliddinovich boshchiligidagi “Andijon” futbol klubi xodimlari bilan doimiy aloqadamiz va hamkorlikda ish olib borilmoqda - deydi Bekzodbek Hamidullaevich.
So'ngra yosh futbolchilarga kumush medallari  va bir qator qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Ushbu turnirda yosh bolalarga murabbiylik qilgan murabbiylar ham etibordan chetda qolmadi va ularga ham sovrinlar topishirilib, munosib ravishda taqdirlandi. SHuningdek futbol maktabi direktori ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan murabbiy va shifokorning tug'ilgan kuni munosabati bilan ularni ham sovg'a-salomlar  bilan tabrikladi.


Tadbir so'nggida so'z ota-onalarga berildi va ular ham futbol maktabida shug'ullanayotgan farzandlarining musobaqada sovrindor bo'lib qaytganidan mamnun ekanligini yashirib o'tirmadi va farzandlarini ham kelgusida taniqli futbolchilar Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu singari etuk futbolchi bo'lib etishishini chin dildan istashlarini bildirdi.

SHu tariqa taqdirlash marosimiga yakun yasaldi.


Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика