So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Andijonda viloyat futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

Andijonda viloyat futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

20 sentyabr, chorshanba kuni Andijon shahrida viloyat futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur navbatdan tashqari yig'ilish Bo'ston dahasida joylashgan “Bolalar va o'smilar futbol maktabi”ning anjumanlar zalida kechdi. Uni viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov tashkil etib, bir qator masalalar yuzasidan yig'ilish qatnashchilariga malumot berib, kamchilik va kelgusida qilinish lozim bo'lgan ishlar yuzasidan takliflarni tingladi.

Viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Hamidullaevich kengash azolarini birma-bir tanishtirib o'tish bilan bir qatorda, viloyat miqyosida yangi joriy etilgan turli yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari va ularning yordamchilarini ham o'qib eshittirdi. Bolalar futbolida faoliyat yuritib kelayotgan malakali murabbiylarni har bir yosh terma jamoasiga bosh murabbiy va yordamchi sifatida tayinlashdan maqsad, qishloq va chekka-chekkka tumanlardagi iqtidorlarni izlab topish, munosiblarini viloyat terma jamoasiga jalb etish orqali O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga tayyorlab berishdir. Qolaversa viloyatning asosiy jamoasi “Andijon”ga ham iqtidorli o'yinchilarni tarbiyalab berish xususida ham so'z bordi. Mazkur ishlarni nazorati bugungi kunda “Andijon” jamoasini boshqarib kelayotgan Usmon Toshev zimmasiga yuklatilganini, “Pro” licenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis o'z bilim va tajribasini mahalliy murabbiylarga ham etkazib berish kerakligi aytildi.

Ushbu yig'ilishda viloyat futboli ravnaqi yo'lida xizmat qilib kelayotgan murabbiylar, nazoratchi-hakamlar, faxriylar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala bu – yangi joriy etilgan qo'mitalar va ularning raisi hamda azolari majlis ishtirokchilariga o'qib eshittirildi. Viloyat futbol federaciyasining ustaviga kiritilgan bir qator qo'mita azolari tanishtirilib, ularga yig'ilish qatnashchilari bir ovozdan o'z ovozlarini berdi.

Viloyatda har yili o'tkazilib kelinadigan ikkinchi liga musobaqasining saviyasini yanada ko'tarish. Qolaversa bolalar futbolidagi yo'nalishni to'g'ri yo'lga solish muhim ahamiyat kasb etishini, kelasi yildan imkon qadar musobaqalar sonini yanada ko'paytirish borasida hozirdan aniq ish-dasturlari ishlab chiqilayotganini viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti o'z nutqida aytib o'tdi.

SHuningdek viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti mahalliy hakamlar xususida ham alohida to'xtalib o'tar ekan, ularni saviyasini oshirish, buning uchun nazoratchi hakamlarning yordami zarur ekanligi, haftaning malum bir kunini belgilab olib, hakamlarni nazariy va amaliy darslar orqali o'qitib borish zarurligini bildirdi. – Hakamlarni tanqid qilishdan  osoni yo'q. Hamma ham xato qiladi. Lekin hakamlarni yuqoriga saviyaga olib chiqish uchun qanchadan-qancha vaqt ketadi. SHuni ham inobatga olish kerak. Ularni “yomon-yomon” degan bilan, yaxshi bo'lib qolmaydi. Avvalo ularni o'z ishiga bo'lgan qiziqishini oshirish va o'sishni istaganlari bilan jiddiy ishlash talab etiladi. O'z vaqtida hakamlik qilgan va bugungi kunda nazoratchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislarimiz talaygina topiladi. Ularning ko'magi biz uchun muhimdir – deydi Bekzod Hamidullaevich.


Darvoqe, yig'ilish chog'ida faxriylar borasida ham so'z bordi. Viloyat futbol federaciyasi vice-prezidentining takidlashicha, endilikda Andijon faxriylar jamoasi raisi etib, Muhammadqosim To'xtasinov tayinlandi. Faxriylar jamoasi bosh murabbiyi esa Anvar Nurov bo'ldi. Bugungi kunda “Andijon” futbol klubida faoliyat yuritib kelayotgan Iskander Galiulin ham o'ziga berilgan imkoniyatdan foydalanib, eng avvalo faxriylarga jiddiy etibor bo'lishini federaciya rahbariyatidan so'radi. O'z vaqtida Andijon futboli uchun mexnati singgan sobiq o'yinchilarni doimo ardoqlash va ularga o'z vaqtida xurmat va extirom ko'rsatish kerakligini takidladi. Bekzod Hamidullaevich mutaxassisning ushbu taklifini inobatga olib, ijobiy javobni berdi.

Majlis qatnashchilaridan qandaydir taklif va mulohazalar bo'lsa bemalol murojaat qilishlari aytilgach, o'z vaqtida viloyat futbol federaciyasida birinchi vice-prezident sifatida, qolaversa hakamlikda mexnat qilgan Tohir Eshonxo'jaev ham bir qator masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, takliflarini berdi. Ushbu mutaxassisning takliflarini ham viloyat futbol fedaraciyasi vice-prezidenti kengash azolari bilan birgalikda ko'rib chiqishlarini aytib o'tdi.

Bundan tashqari Bekzod Karimov viloyat futbolida qilinayotgan ishlar va muammolarni ommaviy axborot vositalarida keng tarzda yoritib boritish tarafdori ekanligini bildirib, yig'ilishda ishtirok etgan mahalliy jurnalistlar bilan ham hamkorlikda ish olib borilishi muhimligini takidladi. – Ommaviy axborot vositalari xodimlarini doimo xurmat qilamiz va ularning ishlarini qadrlaymiz. Bu erda o'tirganlarning barchasi viloyat futbolini yanada yuqoriga ko'tarishdir. SHunday ekan Siz jurnalistlarning ham ko'magingiz nihoyatda muhimdir. Albatta tanqidiy ruhdagi taklif va mulohazalaringizni ham inobatga olamiz, o'z yo'nalishingiz bo'yicha viloyat futbolida qilinayotgan ishlarni keng yoritib borishingizni istayman – deydi Bekzod Karimov.

SHu tariqa yig'ilish samimiy va do'stona ruh ostida yakunlandi.







Islombek Rustambekov.

Foto: Baxtiyor Toshtemirov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика