So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Andijonda "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi Yangiliklar

Andijonda "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi

1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag'ishlab, Andijon shahrida “Federaciya Kubogi-2017” turniri bo'lib o'tdi.

2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tgan musobaqa ikki bosqichdan iborat bo'ldi. Dastlab tumanlarda, xududlar aro saralash bosqichi o'tkazildi. Izboskan, Bo'z, Buloqboshi va Qorasuv shahar va tumanlarida o'tgan saralash bosqichida birinchi o'rinni egallagan jamoalar Andijon shahrida kechgan ikkinchi bosqich o'yinlarida ham ishtirok etdi. “Andijon viloyati futbol licey internati”, “Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati”, “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi” hamda “SHaxrixon-33” jamoalari kurashga ikkinchi bosqichdan kirishdi. Ikkinchi bosqich uchrashuvlari Bo'ston dahasida joylashgan “BO'FM” maydonida o'tkazildi.
Mazkur musobaqada jami 20ta jamoa ishtirok etdi. Yakunda 3-o'rin “Qorasuv” va “Buloqboshi” jamoalariga nasib etdi. Finalda esa “Andijon viloyati futbol maktab-internati” bilan “Andijon shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati” jamoalari to'qnash keldi. Ochig'ini aytganda, ushbu jamoalarning tarbiyalanuvchilari boshqalarga nisbatan klass borasida ham ajralib turdi. Finalda SHo'rbuloq dahasida joylashgan “FIMI” jamoasi g'olib chiqdi va bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimi ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Unga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov , Andijon viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov hamda “Sog'lom avlod xayriya fondi, Andijon viloyati xududiy filiali direktori Tursunboy Berdirahmatov tashrif buyurib, so'z oldi va ishtirokchilarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi. SHuningdek yaqinlashib kelayotgan “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan murabbiylarni ham estalik sovg'alar bilan samimiy qutladi.
Turnirda beshta nominaciya bo'yicha “Eng yaxshilar” aniqlanib, ularning har biri “Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi”, “Yoshlik tarbiya va sport jamiyati”, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi” hamda “Sog'lom avlod xayriya fondi” tomonidan bir qator qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

1. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni – Bobur Komiljonov (Andijon viloyat futbol licey-internati).
2. Musobaqaning eng yaxshi himoyachisi – Fayzullo Nurmuhammedov (Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati).
3. Musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachisi – Omadjon Tursunaliev (Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati).
4. Musobaqaning eng yaxshi yarim hujumchisi – Abdushukur Mahamatov (Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati).
5. Musobaqaning eng yaxshi yarim futbolchisi – Zayniddin Xamroboev  (Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati).

ENG YAXSHI MURABBIYLAR:
1. SHoxrux Ishanov -  (Andijon shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati).
2. SHerzod Abdullaev - (Andijon viloyat futbol licey internati).
3. Xotam No'monjonov - (Qorasuv shahar “BO'SM”).

SHuningdek uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar guruhi ham diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi:
1. Elziyod Isamutdinov
2. Azizbek Isamutdinov
3. Bekmurod Hakimov.

Taqdirlash marosimida so'z olgan “Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi” boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov so'z olib shunday dedi: - Musobaqa ishtirokchilarini bugungi futbol bayrami bilan tabriklayman. Viloyatimizda bolalar futboliga bo'lgan etiborni yanada oshiramiz. Bu kabi turnirlar hali oldinda ko'p marotaba bo'ladi. Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi ham musobaqalarni tashkil etishda  viloyat futbol federaciyasi bilan hamkorlikda ishlab, amaliy yordamini ayamaydi. Bolalar turnirida natija muhim emas. Asosiy sizlar o'z ustingda ishlashni susaytirmanglar.

SHuningdek viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov ham taqdirlash marosimida so'z olib, jumladan shunday dedi: - Avvalambor barcha ustoz va murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Siz bolajonlarga esa kelgusidagi faoliyatingizga omad tilayman. Turnir ajoyib tarzda o'tdi. Menimcha har bir murabbiy o'z jamoasining imkoniyatini yanada yaxshi bilib oldi. Viloyat terma jamoasi murabbiylari ham turnirni kuzatib bordi. Umid qilamanki sizlar hali nafaqat viloyat terma jamoasida balki O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoada o'ynaysizlar. Faqat buning uchun o'z ustingizda ko'proq ishlasangiz kifoya.







Islombek Rustambekov.
Foto: Elmurod Ermatov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика