So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Andijonda nima gap? Yangiliklar

Andijonda nima gap?

Bugun Andijon viloyatining ikki jamoasi o'zaro sinov-nazorat uchrashuvini tashkil etdi.

SHo'rbuloq dahasida joylashgan, “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”ning suniy maydonida o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Takidlash lozimki, oliy liga vakili “Andijon” murabbiylari shu kuni asosan yoshlar jamoasidagi futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. “Burgutlar”ning ilk yig'ini mahalliy futbolchilar ishtirokida bo'layotgani sababli ham bahsda asosan yoshlar o'ynadi. 

Bu yilgi birinchi liga o'yinlarida 3-o'rinni band etgan “UzDongJu” ham allaqachon o'z qarorgohida yig'inni boshlab yuborgan. Abdurashid Ismoilov boshqaruvidagi jamoa tarkibida jiddiy o'zgarishlarni ko'rmadik. Ammo jamoa etakchilari bo'lgan Bekzod G'oziev bilan Akmal Jo'raboevni shu kuni maydonda uchratmadik. Aytishlaricha G'oziev ayni damda xarbiy xizmatda ekan.

“Andijon” mashg'ulotlari esa Nozim Mullaoxunov va Vitaliy Legay boshchiligida o'tkazilmoqda. Bugun ushbu jamoa safida Muqimjon Toshmatovning o'ynaganini ko'rdik. Malum bo'lishicha, yakuniga etgan mavsumni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazgan Toshmatovning o'zi "Andijon" murabbiylaridan vaqtincha mashg'ulotda ishtirok etib turishini so'ragan. SHu bois uning keyingi taqdiri qanday kechishi hozircha malum emas.

“UzDongJu” – “Andijon” 2:1.

Andijon. SHo'rbuloq dahasi. 

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, SHoxruh Akramov.

Gollar: Islom Karimov (2ta) – Xondamir Yuldashev

“UzDongJu”: 28.Muzaffar Abdullaev, Sardor Asqarov, Abdurasul Komilov, Azizbek Qayumov, Akbar Xodjaev, Fehruz Salohiddinov, Alisher To'xtasinov, Usmonali Ismonaliev, Salohiddin Salohiddinov, Islom Karimov, Isroil Tursunov.

Zaxiradan tushganlar: Islom O'rmonov, Elyor O'rmonov, Nodir Teshaboev va bir qator yoshlar. 

“Andijon”: Barakatillo Isroilov, Artur Mamatkazin, Dilmurod Mahmudov, Ilhom Usubjonov, Farruh Mirzaev, Asror Rahmonov, Ibrohim Otaxonov, Farhod Bekmurotov, SHoxsulton Parpiev, SHahboz Jumaboev, Muqimjon Toshmatov. 

Zaxiradan tushganlar: Xondamir Yuldashev, Madamin Mahmudov, Abror Komilov, Ikromiddin Zaynobiddinov va bir qator yoshlar.

Mazkur o'yindan so'ng har ikki jamoa murabbiylari ham futbolchilarga ikki kunlik dam berdi. Endi 21 dekabrdan yana mashg'ulotlar boshlanadi. “UzDongJu”ning ayrim futbolchilari shu kundan boshlab, “Andijon” ixtiyorida bo'lishi aytilmoqda. Ammo ularning aynan kimlar ekanligi hozircha oshkor etilmayapti. "Andijon" rahbariyatida o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqda keyinroq batafsil malumot beramiz. Bosh murabbiy masalasi ham shu kunlarda rasman tasdiqlansa ajab emas.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика