So’nggi yangiliklar

14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  0 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  0 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  1 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  1 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  21 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  6 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  32 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  26 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  1

“Andijon”da milliy ruhiyatni shakllantirayotgan Baxtiyor Hamidullaev Yangiliklar

“Andijon”da milliy ruhiyatni shakllantirayotgan Baxtiyor Hamidullaev

Birinchi davrada muammolar girdobiga tushib qolgan, yopilib ketish arafasida turgan “Andijon” jamoasi ikkinchi davrani kutilganidanda yaxshi o'tkazmoqda.

Albatta, birinchi o'rinda klubda moliyaviy holat yaxshilangani, futbolchilarning maosh olayotgani va mukofot pullari jamoaga qo'shimcha motivaciya bergani tayin. Lekin, bu erda pul unchalik muhim rol o'ynamayotgan jihatlar ham mavjud. Keling, birin-ketin ushbu omillarni sanab o'tsak.

Xalqimizda “CHumchuq so'ysa ham qassob so'ysin” degan maqol bejiz aytilmagan. Har qanday sohada o'z ishining ustalari, professionallari ishlamas ekan u soha aslo rivojlanmaydi. Futbolda ham xuddi shunday. Jamoada shu ishning ustalari va jonkuyarlari faoliyat olib bormasa murabbiyning tajribasi va futbolchilarning mahorati o'z ahamiyatini yo'qotadi. Klubning eng to'g'ri qilgan ishi Baxtiyor Hamidullaevni ortga qaytargani bo'ldi. Bu inson Andijon futbolida juda muhim o'rin tutishini yaxshi bilamiz. Hamidullaev yaqin o'tmishdagi to'purar, futbolchilik faoliyati davomida “Andijon” uchun borini bergan. Bu insonlar hozirda “Andijon” uchun nima kerakligini va nima qilish lozimligini juda yaxshi biladi. Yani unda milliy ruhiyat tushunchasi juda yaxshi shakllangan. Ushbu mutaxassis hozirda klubda pul yoki obro' uchun ishlamayapti. Uni elga tanitgan va mashhurlik olib kelgan jamoaga astoydil yordam bermoqda. Aynan shu milliy ruhiyatni Baxtiyor Hamidullaev futbolchilarning ham ongiga singdirmoqda, ularga qanday jamoada o'ynayotganini tushuntira olmoqda. Etibor berayotgan bo'lsangiz futbolchilar maydonda oxirgi daqiqaga qadar futbol o'ynashmoqda. O'sha mag'lubiyatga uchragan o'yinlarda ham maydonni boshni tik tutgan holatda chiqib ketishga munosib o'yin ko'rsatdilar. Har bir vaziyat va to'p uchun qattiq kurash olib borishmoqda. Futbolda azart degan jumlani ko'p bor ishlatamiz. Ana shu azart jamoada ko'zga tashlanmoqda. Bu esa birinchi davrada umuman sezilmagandi hatto. Bu bilan futbolchilar kurashmadi yoki o'ynamadi degan fikrdan yiroqman. Faqat murabbiy futbolchilarning ko'ngliga qanday yo'l topishi va qay darajada motivaciya bera olishi muhimdir. 



Klubning yangi rahbarlari murabbiyning oldiga mahalliy futbolchilar va o'rinbosarlar jamoasidagi yosh iqtidorlarga etibor berish talabini qo'yishdi. To'g'rida, klub shu vaqtga qadar faqat nomlarga, saviyasi past legionerlarga ishonib keldi. “Andijon”da iqtidorlar yo'q deb o'ylaysizmi? Bor, faqat ularga etibor, imkoniyat va ishonch bildirish kerak - tamom. Bunga Xomyakov biroz bo'lsada etibor bergandi. Baxtiyor Hamidullaev avvalgi yillarda klub o'rinbosarlarini boshqargani hozirda unga engillik beryapti desak mubolag'a bo'lmaydi. U mahalliy yoshlarning imkoniyatlarini va nimalarga qodirligini bilgani uchun ham qo'rqmasdan ishonch bildirmoqda. SHaxsan menga aksariyat o'yinlarda zaxiradan maydonga tushayotgan Jamshid Homidovning harakatlari manzur kelmoqda. U oldingi chiziqda o'z tezligi va chaqqon harakatlari bilan raqib himoyachilariga yaxshigina muammo tug'dira olmoqda. Ushbu futbolchining kelajagi porloq ekanligi shubhasiz. Faqat o'z ustida ishlashdan to'xtamasa bo'lgani. Agarda Hamidullaev keyingi yillarda ham “Andijon”da faoliyatini davom ettirsa bunday iqtidorli yoshlarni ko'pini ko'rishimiz mumkin.



Jamoaning so'nggi o'yinlardagi natijalaridan, ko'rsatayotgan o'yinlaridan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, andijonliklarni safdan chiqarishga hali erta. Qolgan jamoalarga hurmatni saqlagan holda fikr bildiraman, “Andijon”ning oxirgi uchta turda namoyish etgan o'yini “Buxoro” va “Surxon”nikiga nisbatan yaxshiroq. Futbolchilar o'rtasidagi tushunish, taktik ishlanmalar, o'yinni tashkil qilishda ham farq sezilyapti. Jamoaga bir narsa pand beryapti yani hujumga nuqta qo'yadigan futbolchining yo'qligi. Moldovalik legioner Artyom Litvyakovning darajasi hattoki o'rinbosarlar jamoasiga ham tortmas edi. Timur Usmonov esa kutilganidek natija bermayapti. Hamidullaev o'z intervyularining birida Litvyakov singari legioner hujumchilarni haydash kerakligini takidlagani bor gap. Agarda oraliqdagi tanaffusdan keyin ham jamoa shu yo'sinda ketsa va o'z o'yinini kuchaytira olsa mavsum yakunida kuchlilar safida qoladi. Lekin, hali aniq xulosa chiqarishga shoshilmaymiz. Ikkinchi davra uchrashuvlari hali oldinda. Futbol esa kutilmagan natijalari va adolatsiz qarorlari bilan qiziq.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика