So’nggi yangiliklar

15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  4 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  9 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  36 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2

Andijonda “CHarm to'p-2019” viloyat bosqichi yakuniga etdi Yangiliklar

Andijonda “CHarm to'p-2019” viloyat bosqichi yakuniga etdi

Teglar :  AndijonCHarm to'p
Yurtimizda yoshlarni sportga jalb etish, mahallalarda millionlar o'yiniga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish maqsadida mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida “CHarm to'p-2019” musobaqasi tashkil etilgan.

Mazkur musobaqa Andijon viloyatida ham ko'tarinki ruhda o'tkazilib, kecha turnirning final o'yini bo'lib o'tdi.

Bosh sovrin uchun kurash SHahrixon tumanining “Yakka tut” MFY va Izboskan tumanining “Tuyachi” MFY jamoalari o'rtasida kechdi. Musobaqaning final uchrashuvi Andijon shahar, SHo'rbuloq dahasida joylashgan “Andijon-Akademiya”sining suniy qoplamali maydonida kechdi. Finalni sobiq futbolchi, endilikda o'zini hakamlikda sinab ko'rayotgan Lochin Dolimov boshqarib bordi.

Qiziqarli va murosasiz ruhda o'tgan uchrashuvning asosiy taymi 2:2 hisobi bilan yakuniga etdi. G'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Lotoreyada shahrixonliklarning omadi chopdi deyish mumkin. Sababi “Yakka tut” MFY jamoasi penaltilar seriyasida 3:1 hisobida ustun kelib, bosh sovringa ega chiqdi.
O'yin yakunlangach, musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o'tkazilib, unda Andijon viloyat hokimligi, Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat futbol associaciyasi hamda Andijon viloyat yoshlar ittifoqi vakillari so'zga chiqib, havaskor futbolchilarga o'z dil izhorlarini bildirib, estalik uchun bir qator sovg'alar, medallar va Kuboklarini topshirdi.

SHu tariqa “CHarm to'p-2019” respublika miqyosidagi musobaqasining viloyat bosqichi yakuniga etdi.






Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика