So’nggi yangiliklar

19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 19:00U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  45 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  4 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  6 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  4 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   2 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1

Andijonda bepul chiptalar tarqatilishi davom etmoqda Yangiliklar

Andijonda bepul chiptalar tarqatilishi davom etmoqda

Teglar :  Andijon
23 mart kuni O'zbekiston hamda Keniya olimpiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvga keng qamrovli ravishda katta tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Muxlislar esa ushbu bellashuvni intiqlik bilan kutmoqdalar.

Xalqaro darajadagi terma jamoamiz miqyosidagi uchrashuvning ilk bor Andijonda o'tkazilishi munosabati bilan qizg'in hozirlik ishlari olib borilyapti. Etiborlisi, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi va O'zbekiston futbol associaciyasining 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan muxlislarga Navro'z bayrami munosabati bilan hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlarini taminlash maqsadida ularga munosib sovg'a sifatida  stadionga kirish huquqini beruvchi chiptalarni bepul qilib belgilandi. 

SHu bois 21 mart kuni «Sog'lom avlod» stadionida futbol ishqibozlariga bepul chiptalar tarqatildi. SHuningdek, «Sahovat uyi», «Mehribonlik uyi», kam taminlangan oilalar, viloyatdagi bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda davlat idora va tashkilotlari, qolaversa, stadion tamirlanishida beminnat hissalarini qo'shgan bir qator muassasa xodimlariga bepul chiptalar taqdim etildi. Lekin hozirda chipta masalasi bilan bog'liq, yani chiptalarni pulga sotilayotgani haqida gap-so'zlar urchiy boshladi. Biroq bunday malumotlarga ishonmasligingizni so'rab qolamiz. Yuqorida takidlab o'tilganidek, uchrashuvga chiqarilgan chiptalar bepul tarqatilishi ko'zda tutilgan. Ertaga muxlislar uchun chinakam bayram tashkil etish maqsadida o'yin oldidan elimiz suygan sanatkorlar ishtirokida koncert dasturi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli futbol ishqibozlari, ertaga qiziqarli va murosasiz kechishi kutilayotgan o'rtoqlik uchrashuviga barchangizni taklif etib qolamiz.


SHuhratbek Jo'raev

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика