So’nggi yangiliklar

01:20ЕЧЛ. "Тоттенхэм" – "Боруссия Д", "Спортинг" – ПСЖ ва бошқа учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 01:10ЕЧЛ. "Интер" – "Арсенал" (онлайн ҳисоб)  4 01:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" – "Монако" (онлайн ҳисоб)  22 00:40ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  68 00:05Анхель Ди Мария: "Бенфика"дан қўнғироқ қилишганида Португалиянинг қаерда жойлашганини билмаганман"  1 23:45ЕЧЛ. "Қайрат" Астанада "Брюгге"га йирик ҳисобда енгилди ва кейинги босқичга чиқа олмаслиги аниқ бўлди   2 23:35Салиба ва Габриэль қуруқ ўйинлар бўйича АПЛ тарихида иккинчи ўринга чиқиб қолди. Олдинда Фердинанд - Видич жуфтлиги бор  2 23:12"Манчестер Сити" ҳужумчиси фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттириши мумкин  0 22:41Терма жамоа ва Суперлига ҳақида ҳақиқат! Ашурматов нима деди?  0 22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  11 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  3 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1

“Andijon” yig'inni boshladi Yangiliklar

“Andijon” yig'inni boshladi

Superliga ishtirokchisi “Andijon” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Kecha jamoa azolari Andijonda yig'ildi va o'z qarorgohida dastlabki yig'inga kirishdi. Malum muddatlik tatildan qaytgan futbolchilar hozircha tiklanish mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Darvoqe, bosh murabbiy Ildar Sakaev Toshkentda o'tayotgan “Pro” murabbiylik licenziyasi uchun o'qiyotgani munosabati bilan hozircha jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta olmayapti. SHu bois mazkur yig'inga Viktor Jalilov boshchilik qilmoqda. Unga Diyor Mirzaboev va Qobil Olimjonov yaqindan yordam bermoqda.

Mashg'ulotlar Bo'ston dahasidagi “Viloyat BO'FM” maydonida tashkil etilmoqda. Hozircha tarkibda asosan bu yil “Andijon” sharafini himoya qilgan futbolchilar va mahalliy yoshlarni ko'rish mumkin.

Rejaga ko'ra murabbiylar ushbu qisqa muddatlik yig'in chog'ida futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechiradi va talabga javob berganlarini yanvar oyida Toshkentda o'tadigan yig'inga taklif etadi.

Muxlislarning diqqat markazida turgan selekciya ishlari bo'yicha hozircha rasmiy malumot yo'q. Lekin bu bo'yicha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi maslahatlashgan xolda keng ko'lamda ish olib bormoqda.

Xususan ortda qolgan besh kun mobaynida rahbariyat bir qator futbolchilar bilan uchrashib, muzokara o'tkazdi va qaysidir manoda ularning ayrimlari bilan og'zaki kelishuvga ham erishildi deyish mumkin. Faqat yangi futbolchilarning o'z klubi bilan tuzgan shartnomasi muddati yakuniga etmagani sababli, nomlar hozircha oshkor etilmayapti.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика