So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

Andijon viloyati hokimi "Andijon" jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi "Andijon" jamoasi bilan uchrashdi

PRO-Liga peshqadami Andijon jamoasi ertaga o'z maydonida Surxon qarshi bahs olib boradi.

Mazkur muhim uchrashuvdan oldin Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov bugun tushlikdan so'ng klub qarorgohiga tashrif buyurib, «Andijon» jamoasi azolari bilan uchrashdi. Unda viloyat hokimi SHuhratbek Qo'shaqboevich futbol klubining xayotiga befarq emasligini bildirib, jamoa ayni damda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turganidan xursand ekanligini takidladi hamda chempionatning qolgan 4ta uchrashuvini ham mana shunday yuqori notada o'tkazib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishga bor kuchni ishga solishlari muhimligini aytib o'tdi.

SHuningdek, Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonov jamoada yuzaga kelgan moliyaviy masalalarni tez orada ijobiy tomonga hal etib, har qanday muammolar bartaraf etilishini alohida takidlab o'tdi.

Ishchan va samimiy ruhda kechgan mazkur yig'ilishda SHuhratbek Abdurahmonov ertangi «Surxon»ga qarshi muhim o'yinda «Andijon» jamoasiga omad tiladi.
O'z navbatida «Andijon» FK bosh direktori Marufjon Abdisalomov ham yig'ilishda so'z olib, viloyat hokimiga jamoaga qaratayotgan etibori uchun o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. SHuningdek tarkibdagi futbolchilarga to'liq ishonishini alohida takidlab, nasib qilsa chempionatni 1-o'rinda tugatish uchun bor kuch va mahoratini ishga solishlarini aytib o'tdi.

Do'stona va samimiy tarzda o'tgan uchrashuv shu tariqa yakuniga etdi.

«Andijon» matbuot xizmati.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика