So’nggi yangiliklar

21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  0 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  2 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  19 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  4 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  13 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  114 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  1 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0

"Andijon" ustozi va futbolchisi - Superligada 13-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Andijon" ustozi va futbolchisi - Superligada 13-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 13-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi darvozaboni – Suhrobjon Sultonov ("Lokomotiv")

"Lokomotiv" bu tur Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang o'ynab qaytdi. Maydon egalari o'yin davomida ko'plab hujumlar tashkil etishdi va katta tashabbusga ega bo'lishdi. Biroq "Neftchi"ning g'alaba qozonishiga "temiryo'lchilar" posboni Suhrobjon Sultonov yo'l qo'ymadi. U bahs davomida bir necha bor seyvlarni namoyish etdi. SHu tariqa Sultonov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi – Aleksandr Xomyakov ("Andijon")

Bu turdagi vodiy derbisiga etibor juda katta bo'ldi. "Andijon" o'z maydonida chempionlikka kurashayotgan "Navbahor"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvdan avval hech kim bu qadar yirik hisob qayd etilishini taxmin qilmagan bo'lsa kerak. Diskvalifikaciya muddatini o'tayotgan Xomyakov zaxira o'rindig'ida bo'lmasa ham uning shogirdlari kuchli raqibni yirik hisobda taslim qilishning uddasidan chiqishdi. SHu tariqa "burgutlar" ustozi Aleksandr Xomyakov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi futbolchisi – Farhod Sohibjonov ("Andijon")

"Andijon"ning "Navbahor" ustidan qozongan g'alabasida Farhod Sohibjonovning hissasi katta bo'ldi. Aynan u o'yin boshida penalti ishladi, aynan Sohibjonovning darvozaga yo'llagan zarbasi to'singa tegib qaytganidan keyin ikkinchi gol "Navbahor" darvozasidan o'rin oldi. Umuman olganda, Sohibjonov o'yin davomida juda faol bo'ldi va saytimiz talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng chiroyli goli muallifi – Vladimir Yovovich ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvining 8-daqiqasida mezbonlar vakili Vladimir "Messi" Yovovich maydon markazida to'pni egallab oldi va yo'lidan chiqqan raqibni ortda qoldirib gol urishga erishdi. Aynan Yovovich tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.



 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика