“Andijon-Turon” futzal jamoasi nazorat uchrashuvi o'tkazdi
15 jan 2018 16:30
Yangiliklar
“Andijon-Turon” futzal jamoasi nazorat uchrashuvi o'tkazdi
Jamoaning o'quv-yig'iniga sobiq futzalchilar Xayrullo Tojiboev va SHavkat Muhitdinov boshchilik qilmoqda. Tarkibda asosan yosh futzalchilar ekanligini aytish lozim. “Andijon-Turon” o'tgan hafta o'z uyida “Navbahor” futzal jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Qiziqarli va tomoshabop ruhda o'tgan bahsda namanganliklar 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu sinov-nazorat o'yini orqali murabbiylar tarkibdagi futzalchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdi. Murabbiy Xayrullo Tojiboev tayyorgarlik haqida qisqacha shunday dedi: - 10 yanvardan yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshlaganmiz. Hozircha kuniga bir mahaldan mashg'ulot olib borilmoqda. Tarkibda asosan yoshlar ekanligini aytish lozim. Ularni tarbiyalab boramiz va kurashchan jamoa shakllantirishga xarakat qilamiz. “Andijon” futbol klubi rahbariyati tomonidan futzal jamoasiga jiddiy etibor qaratilmoqda va bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar