So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  11 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  17 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  0 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

“Andijon”: Tarkibdagi o'zgarishlar va bo'lajak nazorat o'yinlari haqida Yangiliklar

“Andijon”: Tarkibdagi o'zgarishlar va bo'lajak nazorat o'yinlari haqida

Teglar :  Andijon
“Burgutlar”ning Toshkentdagi yig'ini nihoyasiga etib bormoqda.

Futbolchilar bugun ham ikki mahal shug'ullandi. Kichik jaroxat tufayli bir necha kunga umumiy guruh mashg'ulotlaridan chetda qolgan Ibrohim Otaxonov, G'ulom O'runov, Mirzakamol Kamolov bugundan yana umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazdi. Iqtidorli hujumchi Alisher SHog'ulomov esa betob bo'lib qolgani sababli davolanish bilan band. 

Jamoamiz safiga kuni-kecha ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Ishqibozlarga asosan “Olmaliq”dagi o'yinlari orqali yaxgi tanish bo'lgan Doston Abdurahmonov ayni damda “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. 1990 yilda tavallud topgan futbolchi o'tgan mavsum “Mashal” va “Qizilqum” klublarida xarakat qilgandi. Tayanch yarim himoyachisi bo'lgan Abdurahmonov va klub o'rtasida o'zaro kelishuvga erishilsa, futbolchi joriy mavsumni “Andijon”da boshlaydi. 

Bundan tashqari Otabek Valijonov ham bugun jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Ushbu futbolchi oxirgi yillarda “Navbahor” sharafini himoya qilib kelayotgandi. SHu bois Baxtiyor Ashurmatov uning qanday imkoniyatga ega ekanligini yaxshi biladi. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, Valijonov ilgari malum muddat “Andijon”da o'ynab ketgandi. SHu bois unga jamoa begona emas. Futbolchi va klub o'rtasida o'zaro kelishuvga erishildi va bu yil Otabek “Andijon”da o'ynaydi. 


Ertaga yana birinchi liga ishtirokchisi “Oq-tepa” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishga kelishib olindi. Unda murabbiylar ayrim futbolchilarni yana bir bor sinovdan o'tkazib oladi. O'yin “Oq-tepa” stadionida soat 11:30da boshlanishi ko'zda tutilgan. 21 fevral kuni esa yig'inimiz yakuniga etadi. SHu kuni “Andijon” so'nggi nazorat o'yinini “Neftchi”ga qarshi o'tkazadi. 

Darvoqe selekciya ishlari hamon davom etmoqda. Bosh murabbiy va rahbariyat ayni damda bir nechta futbolchilar bilan muzokara o'tkazayotganini aytish mumkin. 


"Andijon" FK matbuot xizmati. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика